QURUTISH BARABANINI PARRAKLAR SONINI QURITISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRINI TAHLILI
Azizov S. M. & Sharipov M. Z.
Annotatsiya
Ushbu maqolaning maqsadi paxta tozalash sanoatida qo‘llaniladigan 2SB-10 va SBO rusumli barabanli quritgichlarning samaradorligini oshirish uchun qovurg‘alar soni va o‘lchamlarining ta’sirini tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot metodikasi sifatida SolidWorks dasturida quritish barabanining 3D modellari yaratildi va turli konstruktiv variantlar uchun isitish yuzalarining matematik hisob-kitoblari amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, qovurg‘alar soni 4 tadan 14 tagacha oshirilganda, barabanning umumiy isitish yuzasi 118.4 m^2 dan 178.9 m^2 gacha kengayadi. Xulosa qilib aytganda, qovurg‘alar soni va yuzasining ortishi paxtani quritish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi, ish unumdorligini oshiradi va yuqori namlikdagi paxtani sifatli qayta ishlash imkonini beradi, shuningdek, mahsulotning baraban devorlariga yopishib qolishini oldini oladi.
Adabiyotlar
- Mamatovich, A. S. (2025). 90 TA VA 130 TA ARRALI JIN KAMERASINING RADIUSI O ‘ZGARISHIGA QARAB TOLA VA CHIGITNI SHIKASTLOVCHI KUCHLARNI O‘ZGARISHINI TAHLILI. Механика и технология, 6(Спецвыпуск 2), 22-25.
- Mamatovich, A. S., & Nurmagomodovich, U. O. (2024). YANGI KONSTRUKSIYADAGI ARRALI JIN MASHINASINING JORIY QILISHDAN IQTISODIY SAMARADORLIGINING HISOBI. Механика и технология, 5(Спецвыпуск 2), 274-280.
- Mamatovich, A. S. (2023). Simulation of the strength of a frame of a new Design acm gin machine under the influence of external forces. Science and innovation international scientific, 2(7).