KALAVA IPLARNING NOTEKISLIK KO‘RSATKICHLARIGA ARALASHMA VA EMULSIYALASH TARKIBINING TA’SIRI
Mirzanazarova D. J., Xamrayeva S. A., Taniberdiyev F. R., Nodirova M. N. & To‘raqulov B. T.
Annotatsiya
Mazkur maqolada kalava iplarning notekislik ko‘rsatkichlariga tolalar aralashmasi va emulsiyalash tarkibining ta’siri tadqiq etilgan. Tadqiqotda turli foizdagi paxta tolasi va qayta ishlangan tolalar aralashmasi asosida iplar ishlab chiqarildi. Emulsiyalash tarkibi 1,25%, 1,50%, 1,75% va 2,00% miqdorlarda o‘rganildi. Kalava iplarning sifat ko‘rsatkichlari Uster asbobi yordamida aniqlangan. Natijalar iplarning notekisligi, variatsiya koeffitsienti va nuqsonlar miqdoriga sezilarli ta’sir mavjudligini ko‘rsatdi. Aralashma tarkibidagi qayta ishlangan tolalar ulushi ortishi bilan ayrim sifat ko‘rsatkichlari yomonlashishi kuzatildi. Shu bilan birga, optimal emulsiyalash tarkibi tanlanganda sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishi aniqlangan. Ingichkalashgan va yo‘g‘onlashgan joylar hamda nepslar soni emulsiyaga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Tukdorlik va uning variatsiyasi ham muhim ko‘rsatkich sifatida baholandi. Tadqiqot natijalari asosida har bir aralashma varianti uchun optimal emulsiyalash darajalari tavsiya etildi.Eng yaxshi natijalar ayrim variantlar uchun 1,50% va 1,75% emulsiyada kuzatildi.Olingan natijalar ip yigirish korxonalarida sifatni oshirishda amaliy ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
- Mirzanazarova D.J., Xamrayeva S.A., Nazarova D.T. Aralash tarkibli ip ishlab chiqarish uchun xomashyo tanlash //Prospecns of Development of Science and Education. 2022. -P.16-18.
- Taniberdiyev F.R., Uraeimov S.Sh., MirzanazarovaD.J., Khamrayeva S.A. Analusis of Quality Indicators of Yarns With Mixed Composition // International Journal of Innovative Analuses and Emerging Technology. 2023. Vokume 2, Issue 2, - P.6-10.
- Khamrayeva S. , Mirzanazarova D., Nazarova D. Development of a New Blended Fabric on the RIFA-RFJW-10 Mashine and Performance Analysis. E3S Web of Conferences 376, 02008 (2023).-P.1-5.
- D.S. Kazakova, S. Khаmraeva, D.R. Giyasova. Processing of local wool fiber and technology of obtaining threads of mixed composition // Modern Innovations, Systems and Technologies, 2022, 2(1), -С.83-93.
- Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Analysis of the physical-mechanical properties of t-shirt fabric with different fiber composition // E3S Web of Conferences. 2024. – Vol. 548. – P. 1–5.
- Toshpulotov L.I., Muminov Q.M., Xamrayeva S.A. Тола таркиби турлича бўлган кўйлакбоп матоларнинг технологик кўрсаткичларини таҳлили // International Conference of Actual Problems in Science and Education. – Canberra (Australia), 2024. – P. 1–4. – URL: https://interconference.org
- Taniberdiyev F.R., XamrayevaS.A, Jumayeva Sh. Analysis of Natural Mixed Fibers //International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 11, Issue 1, January 2022, -P.449-453.
- Yusupova N.B. , Nazarova D.T., Khamrayeva S.A., Valiyeva Z.F. Evaluation of the Structure the Costume Fabric over its Surface // International Journal of AdvancedResearch in Science, Engineering and Technology. ISSN: 2350-0328 Индия, 2018, -P. 6738-6742.