FAXVERK TIZIMLAR QOʻLLASH UCHUN POLIMER KOMPOZIT MATERIALLARNI KESILISHDAGI (SREZ) MUSTAHKAMLIGINI TADQIQ QILISH
Tulaganov B. A. & Xakimov Q. Q.
Annotatsiya
Mazkur maqolada shisha tolali polimer kompozit materiallarning kesilishdagi (srez) mustahkamligi eksperimental va sonli tadqiqotlar asosida o‘rganilgan. Sinovlar GOST R 57968–2017 standarti talablariga muvofiq ravishda o‘tkazilib, turli turdagi namunalar uchun maksimal yuk va mustahkamlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Olingan natijalar material turiga qarab kesilishdagi mustahkamlik sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi. Deformatsiya diagrammalari tahlili materiallarning elastik va bosqichma-bosqich buzilish xatti-harakatini aniqlash imkonini berdi. Bundan tashqari, ANSYS dasturi yordamida bajarilgan sonli modellashtirish natijalari eksperimental ma’lumotlar bilan yaxshi mos kelishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari shisha tolali kompozit materiallarning kesuvchi kuchlar ta’siridagi xatti-harakatini chuqurroq tushunishga hamda ularni konstruktiv elementlarda samarali qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- GOST R 57968–2017. Polimer kompozit materiallar. Mexanik sinov usullari.
- Mallick, P. K. (2007). Fiber-reinforced composites: materials, manufacturing, and design. CRC press.
- Jones, R. M. (2018). Mechanics of composite materials. CRC press.
- Daniel, I. M., Ishai, O., Daniel, I. M., & Daniel, I. (1994). Engineering mechanics of composite materials (Vol. 3, pp. 256-256). New York: Oxford university press.
- Kaw, A. K. (2005). Mechanics of composite materials. CRC press.
- Gibson, R. F. (2007). Principles of composite material mechanics. CRC press.
- Agarwal, B. D., Broutman, L. J., & Chandrashekhara, K. (2017). Analysis and performance of fiber composites. John Wiley & Sons.
- Bank, L. C. (2006). Composites for construction: Structural design with FRP materials. John Wiley & Sons.
- Hollaway, L. C. (2001). Advanced polymer composites and polymers in the civil infrastructure. Elsevier.
- Turon Travesa, A. (2006). Simulation of delamination in composites under quasi-static and fatigue loading using cohesive zone models. Universitat de Girona.
- American Society for Testing and Materials (ASTM). (2012). Standard test method for shear properties of composite materials by the V-notched beam method. ASTM International.
- Thompson, M. K., & Thompson, J. M. (2017). ANSYS mechanical APDL for finite element analysis. Butterworth-Heinemann.