SALOMALAYKUM (CYPERUS ROTUNDUS L.) O‘SIMLIGI TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALAR MIQDORINI TAHLILI
Qodirova G. Y.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Salomalaykum (Cyperus rotundus L.) o‘simligi tarkibidagi erkin aminokislotalarning miqdoriy tarkibi o‘rganildi. Erkin aminokislotalarni ajratib olishda suvli ekstraktdagi oqsillar va peptidlar 20 % li trixlorsirka kislotasi (TXSK) yordamida cho‘ktirildi. Olingan cho‘kma sentrifugalash yo‘li bilan ajratilib, ustki suyuqlik liofil quritildi. Aminokislotalar Steven A. va Cohen Daviel usuli asosida feniltiyoizotsianat bilan reaksiyaga kiritilib, feniltiyokarbamil hosilalariga aylantirildi. Aminokislotalarning identifikatsiyasi va miqdoriy tahlili yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usuli yordamida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘simlik tarkibida jami 20 ta aminokislota aniqlanib, ularning umumiy miqdori 32,079 mg/g ni tashkil etdi. Eng yuqori miqdor serin, prolin, asparagin va alanin aminokislotalariga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Olingan natijalar Cyperus rotundus L. o‘simligining biologik faolligini va oziqaviy ahamiyatini baholashda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Steven A., Cohen Daviel J. Amino acid analysis utilizing phenylisothiocyanate derivatives // Analytical Biochemistry. – 1988. – Vol. 17, No. 1. – P. 1–16.
- Moore S., Stein W.H. Chromatographic determination of amino acids by the use of automatic recording equipment // Methods in Enzymology. – 1963. – Vol. 6. – P. 819–831.
- Bardocz S., Grant G. Plant proteins and amino acids: chemistry and biological significance // Journal of the Science of Food and Agriculture. – 1996. – Vol. 70. – P. 321–329.
- Dai J., Mumper R.J. Plant phenolics: extraction, analysis and their antioxidant and anticancer properties // Molecules. – 2010. – Vol. 15. – P. 7313–7352.
- Harborne J.B. Phytochemical methods: A guide to modern techniques of plant analysis. – London: Chapman & Hall, 1998. – 302 p.
- Sharma S.K., Singh A.P. Phytochemical and pharmacological profile of Cyperus rotundus L.: A review // International Journal of Pharmaceutical Sciences and Research. – 2011. – Vol. 2, No. 11. – P. 2614–2623.
- Snyder L.R., Kirkland J.J., Dolan J.W. Introduction to modern liquid chromatography. – 3rd ed. – New York: John Wiley & Sons, 2010. – 912 p.
- Kazakevich Y., Lobrutto R. HPLC for pharmaceutical scientists. – Hoboken: Wiley-Interscience, 2007. – 536 p.