EKSTRAKSION FOSFAT KISLOTA ASOSIDA SUYUQ KOMPLEKS NPK O‘G‘ITLAR OLISH JARAYONINING FIZIK-KIMYOVIY ASOSLARI
Xoshimxаnova M. A., Berdiqobilov S. U. & Abdujabborova X. K.
Annotatsiya
Maqolada ekstraksion fosfat kislota (EFK), ammoniy nitrat, karbamid va kaliy nitrat asosida suyuq kompleks NPK o‘g‘itlar olish jarayonining tarkibiy hamda fizik-kimyoviy xossalari tadqiq etildi. EFK bo‘tqasining pH qiymati 4.01, 4.50 va 5.02 bo‘lgan sharoitlarda N:P2O5:K2O nisbatlari 1:0.5:0.3, 1:0.7:0.5 va 1:1:1 oralig‘ida o‘zgartirildi. Ammoniy nitrat asosidagi tizimlarda ozuqa moddalari yig‘indisi 30.44-31.95%, karbamid asosidagi tizimlarda esa 32.36-33.52% atrofida bo‘lishi aniqlandi. Harorat oshishi bilan suyuq NPK tizimlarning zichligi va qovushqoqligi kamayib, elektr o‘tkazuvchanligi ortishi ko‘rsatildi. pH=5.02 da ammoniy nitrat va kaliy nitrat asosidagi 1:1:1 tarkib uchun zichlik 30-80°C oralig‘ida 1.376 dan 1.341 g/sm3 gacha, qovushqoqlik 4.06 dan 2.36 sPz gacha pasaydi. Elektr o‘tkazuvchanlik esa 20-50°C oralig‘ida 43.10 dan 81.26 mS/sm gacha oshdi.
Adabiyotlar
- Позин М.Е. Технология минеральных удобрений. Ленинград: Химия, 1989.
- Дормешкин О.Б., Воробьев Н.И. Производство бесхлорных водорастворимых комплексных удобрений. Минск, 2006. 246 с.
- Справочник азотчика. Том 2. Москва: Химия.
- ГОСТ 2081-2010. Карбамид. Технические условия.
- ГОСТ 30181.4-94. Удобрения минеральные. Метод определения массовой доли общего азота.
- ГОСТ 4568-95. Калий хлористый. Технические условия.
- ГОСТ 6221-90. Аммиак жидкий технический. Технические условия.
- O‘zbekiston Respublikasi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish texnologiyalari bo‘yicha ilmiy-uslubiy materiallar.