QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARINING URUG‘LARNI SARALASHDA ELEKTRO-ION TEXNOLOGIYAGA ASOSLANGAN QURULMANING ENERGIYA SAMARADORLIGINI TATQIQ QILISH.
Pirnazarov S. V. & Asanov A. T.
Annotatsiya
Ma’lumki, energiya va resurslardan samarali hamda oqilona foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni yaratish va innovatsion texnik vositalarni ishlab chiqish bugungi kunda jahon miqyosidagi dolzarb ilmiy-texnik muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini ekish mavsumlarida sifatli urug‘lik materiallari bilan ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda yetkazib berilayotgan urug‘larning tarkibida 30–40 % gacha pishib yetilmagan, mexanik shikastlangan, geometrik o‘lchamlari kichik hamda massasi yengil urug‘lar uchrashi kuzatiladi. Bunday holat urug‘larning agrotexnik talablar darajasiga to‘liq javob bermasligini ko‘rsatadi. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida elektro-ion texnologiyaga asoslangan triboelektrik saralash qurilmasi taklif etilgan. O‘tkazilgan uzoq muddatli laboratoriya va dala tajribalari natijalari triboelektrik usulda saralangan va ishlov berilgan urug‘larning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishini ko‘rsatdi.
Adabiyotlar
- Rasaboev A.T.Triboelektricheskoe sartirovanie xlopka-sirka dlya polucheniya polnotsennix posevnix semyan: Aftoref, dis… Kand. texn. nauk-Toshkent, 1993.-17s.
- Shoyimov P. Sortirovanie opushennыx semyan xlopchatnika v barabannom dielektricheskom separatore: avt. ref. dis…kand. Texn.nauk -Toshkent, 1995.-17s.
- Augambaev M. A, Terexov Yu.I.Planirovanie eksperementov v nauchnix isledovaniyax po mexanizatsii selskoxozyaystvennogo proizvodstva.- Toshkent, 1984.-647s.
- O‘z.Dst 663:2006 Urug‘li chigit: texnikaviy shartlari”.-Toshkent: Standart, 2006.
- Buxoro viloyati sharoitida chigitni dielektrik saralangan va aktivlashtirilgan Buxoro-6 va S-6037 navi g‘o‘zani o‘sishi rivojlanishi va hosildorlikka tasirini o‘rganish.Buxoro,1993-25 b.
- Yusubaliev A., Shoyimov P. Dielektricheskiy separator semyan xlopchatnika // Trudы Uz NIIME. Tashkent, 1992.-c.151-154.12.
- Shoxrux Pirnazarov, Anvar Asanov URUG‘LARNI SARALASHDA “TRIBOELEKTRIK” QURILMALARDAN FOYDALANIB ENERGIYA SAMRADORLIGIGA ERISHISH, DOI: 10.24412/2181-144X-2025-2-65-69 2025-y