GEOLOGIK RAZVEDKA SKVAJINALARINI BURG‘ILASHDA YUVUVCHI SUYUQLIKLARNI YUTILISHINI BARTARAF ETISHNING TEXNIK YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH
Asanov A. T. & Pirnazarov S. V.
Annotatsiya
Mazkur maqolada geologik razvedka skvajinalarini burg‘ilash jarayonida yuzaga keladigan yuvuvchi suyuqliklarning yutilishi muammosi hamda uni bartaraf etishning texnik yechimlari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yuvuvchi suyuqliklarning qatlamlarga singib ketishiga ta’sir etuvchi geologik va texnologik omillar o‘rganilib, ularning burg‘ilash jarayonining samaradorligi va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri baholangan. Shuningdek, yutilish holatlarini kamaytirish maqsadida zamonaviy tamponaj materiallari, polimer qo‘shimchalar hamda maxsus yuvuvchi eritmalardan foydalanishning samaradorligi ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida turli geologik sharoitlarda yuvuvchi suyuqliklarning yutilishini oldini olish va burg‘ilash ishlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi texnik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar geologik razvedka skvajinalarini burg‘ilash texnologiyasini takomillashtirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-son Farmoni. “2022–2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022.
- Djurayev R.U., Asanov A.T., E3S Web of Conferences 548, 01022. 2024.
- AGRITECH-X 2024.
- R.U. Djuraev, D. Xatamova, Q. Normayev, International Scientific Siberian Transport Forum. TransSiberia 402. 2023.
- Djurayev R.U., Mirzayev A.U. va boshq. Chuqur skvajinalarni burg‘ilash qazish uskunalari va texnologiyasi. Darslik. –Toshkent: «Lesson Press» nashriyoti, 2023. – 480 b.
- Mustafayev O.B., Jurayev R.U., Teshayev N.G. Skvajinalarni burg‘ilashda burg‘ilash suyuqligini yutilishini oldini olish va bartaraf etishning zamonaviy usullarini tahlili // O‘zbekiston konchilik xabarnomasi. – Navoiy, 2021. – №1. – 11–14 b.
- Губайдуллин Ф.А., Кузьмин В.Н., Аскаров Р.Ф., Гайнуллина Э.Ф. Ликвидация зон катастрофического поглощения бурового раствора с помощью современного полимер-содержащего реагента «ПРМД» // Бурение и нефть, - 2020. - № 3. - С. 44-47.