GAZNI QAYTA ISHLASHDA BOSIM PASAYISHINING GAZ TOZALASH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI VA AJRATGICHLARNI OPTIMALLASHTIRISH USULLARI

Saxatov B. G., Oripova L. N., Maratqulov J. B. & Salomov N. J.


Annotatsiya

Maqolada tabiiy gazni nordon komponentlardan tozalash jarayonida bosim pasayishining absorber va separatorlar ish samaradorligiga ta’siri ilmiy-texnik jihatdan tahlil qilindi. MDEA (metildietanolamin) eritmasi yordamida amalga oshiriladigan gaz tozalash texnologiyasida massa almashinuvi, gidrodinamik rejim va separator ichki qurilmalarining ahamiyati yoritildi. Gaz bosimining kamayishi natijasida absorber samaradorligining pasayishi, DEA eritmasi sarfining ortishi hamda separatorlarda tomchi ajralish jarayonining yomonlashishi asoslab berildi. Shuningdek, separatorlarni mayda teshikli setkalar, ko‘p qatlamli demisterlar va oqim taqsimlovchi elementlar bilan jihozlash orqali ajralish bosqichini yaxshilash usullari tavsiya qilindi. Tadqiqot natijalari energiya sarfini kamaytirish, absorbent yo‘qotilishini qisqartirish va gaz tozalash sifatini oshirish imkonini beradi. Tabiiy gazni MDEA (metildietanolamin) eritmasi yordamida nordon komponentlardan tozalash jarayonining texnologik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi hamda bosim pasayishining absorber va separatorlar ish samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida gazni aminli tozalash qurilmasining absorber-separator tizimi qabul qilindi. Jarayonni tahlil qilishda gaz tarkibidagi H₂S va CO₂ komponentlarining absorbsiya darajasi, separatorlarda suyuqlik tomchilarini ajratish samaradorligi hamda MDEA eritmasi yo‘qotilishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganildi. DEA (dietanolamin) eritmasi; tabiiy gaz aralashmasi (H₂S va CO₂ saqlovchi model gaz tarkibi), absorber kolonnasi, gaz-suyuqlik separatorlari, mayda teshikli metallsetkali ajratgichlar, ko‘p qatlamli demister elementlari, bosim, harorat va sarfni nazorat qiluvchi datchiklar, avtomatik boshqaruv klapanlari, SCADA va PID boshqaruv tizimlari.Separator ichki qurilmalarining samaradorligini baholash uchun turli konstruktiv variantdagi setkali ajratgichlar va demister elementlari qo‘llanildi. Tadqiqotda separatorlarning oddiy konstruksiyasi hamda optimallashtirilgan ichki jihozlangan variantlari o‘zaro taqqoslandi. Tadqiqot davomida gaz bosimining absorber va separatorlar ish samaradorligiga ta’siri tajribaviy hamda texnologik tahlil asosida baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, bosimning pasayishi gazni DEA eritmasi yordamida tozalash samaradorligini sezilarli darajada kamaytiradi. Absorber kolonnasida olib borilgan kuzatuvlar natijasida gaz bosimi kamayishi bilan H₂S va CO₂ komponentlarining MDEA eritmasiga yutilish darajasi pasayishi aniqlandi. Gaz bosimi 10 MPa dan 4 MPa gacha kamayganda absorbsiya samaradorligi taxminan 95 % dan 78–80 % gacha pasaygani kuzatildi. Bu holat gaz zichligining kamayishi va gaz-suyuqlik kontakt yuzasining qisqarishi bilan izohlanadi. Separatorlarda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bosim pasayganda gaz oqimida mayda aerozol tomchilarining miqdori ortishi kuzatildi. Oddiy separator konstruksiyasida DEA eritmasining gaz bilan olib ketilishi yuqori bo‘lib, separator chiqishida suyuqlik tomchilari konsentratsiyasi sezilarli darajada oshgan. Mayda teshikli setkali ajratgichlardan foydalanilganda separator samaradorligi oshgani aniqlandi.


Adabiyotlar

  1. Абдуллаев Р.А. Технология переработки природного газа. – Москва: Недра, 1985.
  2. GPSA Engineering Data Book. Gas Processors Suppliers Association, 14th Edition.
  3. Kohl A., Nielsen R. Gas Purification. Gulf Publishing Company, Houston, USA.
  4. Campbell J.M. Gas Conditioning and Processing. Vol. 2.
  5. Boyun Guo, Ali Ghalambor. Natural Gas Engineering Handbook. Gulf Professional Publishing.
  6. API Standards. Process Equipment Design Manual for Gas-Liquid Separators.
  7. Mokhatab S., Poe W., Mak J. Handbook of Natural Gas Transmission and Processing. Elsevier Publishing.
  8. Saxatov B.G. Nordon gazni qayta ishlashga tayyorlash jarayonida sovutish qurilmalaridagi asoratlar // Pedagog respublika ilmiy jurnali.-O`zbekiston.2024 №7(11). 159-162 bet.
  9. Saxatov B.G.Tabiiy gazni qayta ishlashda desorbsiya jarayonini
  10. samaradorligini oshirish// Sanoatda raqamli texnologiyalar.
  11. -Qarshi .2024 №4(2). 133-136 bet.
  12. Saxatov B.G. Absorbsiya usulida H2S va CO2 dan tozalashda yutuvchi komponentlarning to‘yinish balansi me’yorlari// Sanoatda raqamli texnologiyalar.-Qarshi .2024 №4(2). 150-155 bet.
  13. Saxatov B.G., Jurayev.E.I, Nordon gazni qayta ishlashga tayyorlash jarayonida sovutish qurilmalaridagi salbiy asoratlar// Development of science sentyabr 2025/9 Volume 3.205-211 p.
  14. Saxatov B.G., Ashurov M.X.,Ismatova Sh,M.,Mirzayeva Sh.A.,Koʻp fazali ajratgichlarning ichki jihozini moddalarning ajralish bosqichiga mos jixozlash va yengil uglvadorod gazlarni sovutish texnologiyasi asosida namlik va gaz kondensatni ajratib olish. 2025/12 Volume 3.241-245 p.
  15. Н.Р. Юсупбеков, Х.С. Нурмухамедов, З.Г. ЗокировКимѐвийтехнологияасосийжараѐнвакурилмалари, Т.: «Шарк» 2003. 644б.
  16. А.И. Скобло, Ю.К. Молоканова, А.И. Иладимиров, В.А. Щелкунов –
  17. Процессы и аппараты нефтегазо-переработки и нефтехмии.
  18. –М.: Нефдра. 2000 год.
  19. Борьба с потерями нефти и нефтепродуктов при их транспортировке и хранении. Абузова Ф. Ф., Бронштейн И. С., Новоселов В. Ф. и др. (1981, 248с.) https://share.google/DoKqn8WiOYjfiOpWL
  20. Большаков Г. Ф. Восстановление и контроль качества нефте¬ продуктов. Л ., «Недра», 1974. 320 с.