KIYIK O‘TI (ZIZIPHORA) — O‘SIMLIKNING KIMYOVIY TARKIBI, SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI VA QO‘LLANILISHI
Dastamov S. F. & Shopo‘latov M. K.
Annotatsiya
Kiyik o‘ti (Ziziphora) Lamiaceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lib, O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida keng tarqalgan. Samarqand viloyatida 5 turga yaqin navi uchraydi. Ushbu maqolada o‘simlikning botanik tavsifi, kimyoviy tarkibi, farmakologik xususiyatlari, xalq tabobati va ilmiy tibbiyotdagi o‘rni, qo‘llash usullari, dozalari, yig‘ish va saqlash qoidalari, madaniylashtirish imkoniyatlari hamda qarshi ko‘rsatkichlari batafsil tahlil qilinadi. O‘simlik efir moylari (pulegon 45–60%, mentol, α-pinen va boshqalar), flavonoidlar, saponinlar, kumarinlar, olein kislota, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalarga boy. Kiyik o‘ti yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, asab tizimi kasalliklarini davolashda, ziravor sifatida, parfyumeriya va asalarichilikda muhim ahamiyatga ega. Maqola ilmiy adabiyotlar, xalq tajribasi va eksperimental ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
Adabiyotlar
- Abdullaeva M. A., Karimova Z. Sh. O‘zbekiston dorivor o‘simliklari. – Toshkent: Fan, 2018.
- Zaynutdinov U. N., Xaydarov M. X. O‘rta Osiyo florasining dorivor o‘simliklari. – Toshkent, 2020.
- Махмудова З. А., Султанов А. С. Химический состав и фармакологические свойства Ziziphora clinopodioides. 2019.
- Ковалева Н. Г. Лекарственные растения Средней Азии. – М.: Медицина, 2015.
- Avicenna (Ibn Sino). Al-Qonun fi at-tibb.
- Хожиматов О. Х., Юлдашев М. П. Сафро ҳайдовчи ўсимлик йиғмалари. – Тошкент, 2017.
- Бабакова Н. Л., Сидорова А. А. Эфирные масла рода Ziziphora. 2022.