AS-TO‘L OZIQ-OVQAT QO‘SHIMCHASINING FOYDALI XUSUSIYATLARI: TAJRIBAVIY NATIJALAR ASOSIDA ILMIY BAHOLASH
To‘lqinov I. M.
Annotatsiya
Mazkur maqolada chakanda (Hippophae rhamnoides L.) va gazanda (Urtica dioica L.) o‘simliklari asosida tayyorlangan AS-To‘l oziq-ovqat qo‘shimchasining foydali xususiyatlari tajribaviy kuzatuvlar va laborator tahlillar asosida yoritiladi. AS-To‘l tarkibida biologik faol moddalarga boy o‘simlik komponentlari mavjud bo‘lib, ular teri holatini yaxshilash, organizmning umumiy himoya mexanizmlarini qo‘llab-quvvatlash hamda oshqozon-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bilan ahamiyatlidir. Chakanda tarkibidagi vitaminlar, karotinoidlar, organik kislotalar va antioksidant birikmalar teri to‘qimalarining tiklanish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Gazanda esa mineral moddalar, flavonoidlar, xlorofill va yallig‘lanishga qarshi biologik faol komponentlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tadqiqot natijalari AS-To‘l qo‘shimchasining teri kasalliklari va oshqozon-ichak faoliyati buzilishlarida yordamchi funksional oziq-ovqat qo‘shimchasi sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar
- Asqarov.I.R. Sirli tabobat// T: Fan va texnlogiyalar nashriyot-matbaa uyi. Toshkent. 2021-y. –B. 1010
- Asqarov.I.R. Tabobat qomusi// T.: Mumtoz so`z. Toshkent. 2019-y. –B. 1590
- Xalikov B.M, Ergashev B.D, Po`latov S.M, Chakanda vа uning foydаli xususiyatlаri, Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 5-son
- To‘lqinov.I.M., Chakanda o‘simligining kimyoviy tarkibi va xalq tabobatida qo‘llanilishi // Xalq tabobati plus ilmiy, amaliy, ijtimoiy, tibbiy, ma’rifiy jurnal №1(18) 2024 yil
- https://medall.uz/vitamin-b1-nima-tiamin-haqida/
- www.mymedic.uz
- www.medlife.uz