SUV SARFINI TEJASH BO‘YICHA SAMARALI NATIJALARGA ERISHISHDA ZAMONAVIY SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALARNING TEXNIK SAMARADORLIGI

Abdimo‘minjonova S. J. & Yulborsov F. X.


Annotatsiya

Hozirgi zamonda global iqlim o‘zgarishi va suv resurslarining kamayishi sharoitida qurilish muhandisligi va gidravlik tizimlarda suvni tejashning innovatsion strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb ilmiy muammoga aylandi. Taqdim qilinayotgan bu maqolada zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarning texnik samaradorligi, masalan, aqlli datchiklar, avtomatlashtirilgan sarf o‘lchagichlar va bosimni masofadan tartibga soluvchi taqsimlash tarmoqlarining integratsiyalashgan tizimi yetarlicha o‘rganilgan. Tadqiqot davomida qiyosiy tahlil va matematik modellashtirish metodologiyasidan foydalanilgan holda, shahar infratuzilmasi ob’ektlarida kam sarfli santexnika qurilmalari hamda maishiy oqova suvlarni qayta ishlash (graywater recycling) tizimlarining ishlash ko‘rsatkichlari kompleks holda baholandi. Olingan natijalar ko‘rsatishi bo‘yicha zamonaviy monitoring tizimlarini joriy etish gidravlik barqarorlikni to‘liq saqlagan holda, turar-joy binolarida ichimlik suvi iste'molini 25% dan 30% gacha kamaytirish imkonini beradi. Tadqiqot xulosalari amaldagi shaharsozlik norma va qoidalarini (ShNQ va QMQ) takomillashtirish, loyihalash jarayonlariga energiya va resurs tejovchi yechimlarni tatbiq etish hamda qurg‘oqchil mintaqalarda shahar suv resurslarini boshqarishni optimallashtirish uchun muhim ilmiy-nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Sanoatda suvni qanday tejash mumkin? https://suvmap.uz/crisis/sanaatda-suwdi-qanday-tejew-mumkin
  2. A.M. Arifjanov, S.N. Xoshimov Gidravlika va gidravlik tizimlar fanidan darslik Toshkent – 2022
  3. https://staff.tiiame.uz/storage/users/903/books/yBhFZHDt6lMyTIUqhHjoyLjFj4QBHjF7Xjq
  4. Scientific Journal Construction and education ISSN 2181-3779, Volume 3, issue 5 2024. Aqlli sug‘orish tizimlarida sun’iy intellektning o‘rni Goyipov Umidjon Gulomjonovich, O‘rmonov Musoxon Nodirjon o‘g‘li(maqola). file:///C:/Users/i7/Downloads/aqlli-sug-orish-tizimlarida-sun-iy-intellektning-o-rni.pdf
  5. Scientific Journal of Construction and Education ISSN 2181-3779, Volume 4, issue 2 2025. Shahar infratuzilmasini rivojlantirishda ekologik yondashuv va zamonaviy shaharsozlikning asosiy muammolari. Baydjanov Ibodulla Samandarovich, Karimov Ibrat Zafarjonovich. file:///C:/Users/i7/Downloads/shahar-infratuzilmasini-rivojlantirishda-ekologik-yondashuv-va-zamonaviy-shaharsozlikning-asosiy-muammolari.pdf(maqola)
  6. O‘zbekgidroenergo AJ. https://www.facebook.com/uzbekgidroenergo.uz/posts/zamonaviy-suv-sarfini-olchash-vositalari-suv-resurslarini-aniq-hisobga-olish-va-/1597026168536991/
  7. A.M. Arifjanov, T.U.Apakhujayeva, S.N.Xoshimov, F.K.Babajanov suv omborlar gidravlikasi O‘quv qo‘llanma TOSHKENT – 2023. https://staff.tiiame.uz/storage/users/903/books/ozUKMna73iq8wiuUCKLZyajbZZVBv08gQFlEz35j.pdf
  8. Suvni tozalash. https://uz.wikipedia.org/wiki/Suvni_tozalash
  9. Oqova suvlarni tozalash usullarining sinflanishi Qurbonova Umida, Ergasheva Gulnora(maqola). file:///C:/Users/i7/Downloads/522-528.pdf
  10. SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining Buyrugʻi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida. https://lex.uz/acts/-7244052
  11. Suvni qayta ishlash: Resurs barqarorligini oshirish. https://www.sunswell.com/uz/news/sustainable-bottling-technologies-for-water-and-energy-conservation.html