METALL TUTGAN FTALOTSIANIN PIGMENTLARINING QUYOSH ELEMENTLARIDA QO‘LLANILISHI
Gaimov A. ., Nabiyev D. A. & To’rayev X. X.
Annotatsiya
Ushbu maqolada metall tutgan ftalotsianin pigmentlarining quyosh elementlarida (fotovoltaik tizimlarda) qo‘llanilish imkoniyatlari, ularning fotoaktivlik xossalari va elektr o‘tkazuvchanlik darajalari tahlil qilinadi. Ftalotsianinlarning turli metall kationlari bilan komplekslari quyosh nurlarini samarali yuta olish qobiliyatiga ega bo‘lib, ularning tuzilmasi va fotofizik xossalari bu borada hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, mis (Cu), kobalt (Co), nikel (Ni) va rux (Zn) asosidagi ftalotsianinlar organik quyosh batareyalarida keng tadbiq etilmoqda. Maqolada ushbu pigmentlarning sintetik usullari, spektral tavsifi, elektr xossalari va fotovoltaik samaradorligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqolaning dolzarbligi shundan iboratki, ekologik toza, energiya tejamkor va qayta tiklanadigan manbalar sifatida quyosh energiyasi texnologiyalarining takomillashuvi jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Organik fotovoltaik moddalardan metall ftalotsianinlar bu borada istiqbolli materiallar sirasiga kiradi. Shuningdek, maqolada ularning ekologik xavfsizlik darajasi va ishlatilishdagi afzalliklari tahlil qilinadi. Zamonaviy ilmiy manbalar va eksperimental tadqiqotlar asosida tayyorlangan mazkur maqola fan va amaliyot integratsiyasini ta'minlashga qaratilgan. Tadqiqot doirasida quyosh elementlari samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi parametrlarga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, texnologik jihatdan qulay va iqtisodiy samarali bo‘lgan pigmentlarni ishlab chiqarish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi. Yondashuv sifatida ekologik xavfsizlik, funksional barqarorlik va ishlab chiqarish xarajatlari inobatga olindi.
Adabiyotlar
- Aliev, R. M., & Yunusova, D. R. (2019). “Metall kompleksli pigmentlar tarkibi va tuzilmasi”. Buxoro Davlat Universiteti Ilmiy Axborotnomasi, 4(76), 41–46.
- Bains, M. S., et al. (2017). “Environmentally Friendly Synthesis of Pigments”. Green Chemistry Letters and Reviews, 10(2), 104–115.
- Brown, D. M. (2016). “Phthalocyanine-based Materials for Electronics and Photonics”. Materials Chemistry and Physics, 173, 84–92.
- Dilmurod Nabiev va Xayit Turaev, International Journal of Engineering Trends and Technology, 2022.
- Dotsenko, V. A., & Akhmedzhanov, R. A. (2005). Organicheskiye krasiteli i pigmenty. Moskva: Khimiya.
- Ergashev, B., & Soliyev, K. (2022). “Tereftal kislotasi hosilalaridan foydalanish imkoniyatlari”. TATU Ilmiy Texnik Jurnali, 1, 59–63.
- F. Cong va boshqalar, Asian Journal of Chemistry, 2014
- Frank, N. (2018). Modern Organic Pigment Technology. Wiley-VCH.
- Gao, Y., & Liu, Y. (2018). “Advances in Metal-Organic Pigment Design”. Advanced Functional Materials, 28(32), 1801035.
- Grigoryan, S. R. (2013). “Synthesis of calcium and nickel phthalocyanines”. Chemistry of Heterocyclic Compounds, 49(9), 1338–1342.