MUJASSAMLASHGAN QUYOSH NURLARI BILAN GRANULLANGAN KREMNIYGA METALOKOMPOZIT OMIK KONTAKTLAR HOSIL QILISH TEXNOLOGIYASI

Mamirov A. M. & Olimov L. O.


Annotatsiya

Ushbu maqolada mujassamlashgan quyosh nurlari dastasi yordamida kremniy nanozarralarini qizdirib biriktirish orqali termoelektrik materiallar tayyorlash hamda granullangan kremniyga metalokompozit omik kontaktlar hosil qilish texnologiyasi yoritib berilgan. Tadqiqot davomida kukunli texnologiya asosida olingan kremniy nanozarralarini quyosh energiyasi yordamida biriktirishning fizik-texnologik xususiyatlari o‘rganildi. Quyosh sandoni fokusida hosil qilinadigan yuqori temperaturali muhitdan foydalanib, kremniy granulalarini bosqichma-bosqich qizdirish orqali mustahkam struktura hosil qilish usuli ishlab chiqildi. Shuningdek, kremniy sirtida metallokompozit Omik kontaktlar hosil qilishning ikki xil usuli tahlil qilindi va ularning texnologik afzalliklari asoslab berildi. Issiqlik almashinuvi jarayoni Furye qonuni asosida matematik modellashtirildi hamda temperatura gradientining kontakt sifatiga ta’siri baholandi. Tadqiqot natijalari quyosh energiyasidan foydalanish asosida energiya tejamkor, ekologik xavfsiz va yuqori samaradorlikka ega termoelektrik materiallar yaratish imkoniyatlarini ko‘rsatdi.


Adabiyotlar

  1. Patent UZ № FAP 01593 "Method of preparation of thermoelectric material". L.O. Olimov, I.I. Anarboev, A.Mamirov, F.L. Omonboev, M.L. Omonboeva (eds) (2021)
  2. L.O. Olimov, I.I. Anarboyev, Silicon 14(8), 3817 – 3822 (2022). https://doi.org/10.1007/s12633-021-01596-1
  3. Olimov L., Khojimatov I. Thermoelectric properties of silicon oxide //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, 2023. – Т. 458. – С. 01022.
  4. L.O. Olimov, U.A. Akhmadaliev, Obtaining granular semiconductor intermetallic compound Zn-Sb and some of its electrical properties. Journal E3S Web of Conferences. September (2023)
  5. Olimov, L. O. (2010). Adsorption of alkali metals and their effect on electronic properties of grain boundaries in bulk of polycrystalline silicon. Semiconductors, 44(5), 602-604.
  6. Olimov, L. O. (2012). Effect of alkali metals on the electronic properties of grain boundaries on a polycrystalline silicon surface. Semiconductors, 46(7), 898-900.
  7. L.O. Olimov, Applied Solar Energy 44(2), 142–143 (2008) 14. A.G. Korotkih, Thermal conductivity of materials: textbook / Tomsk Polytechnic University (Tomsk: Publishing House of Tomsk Polytechnic University, 2011).
  8. Mamirov, A. M. (2021). Anvar o‘g‘li KS THERMOLECTRIC, RESISTANCE, PHOTO ELECTRIC DETECTORS AND ANALYSIS OF SPECTRAL CHARACTERISTICS OF MATERIALS IN THEM. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 2(12), 172-180.
  9. Mamirov, A. M. (2022). Anvar o ‘g ‘li KS Production of micro-and nanoscale silicon granules using powder technology. Texas Journal of Multidisciplinary Studies, 5, 175-179
  10. B.M. Abdurakhmanov, L.O. Olimov, F.S. Abdurazzakov, Z.N. Alad'Ina, Applied Solar Energy 46(2), 161–162 (2010)
  11. B.M. Abdurakhmanov, L.O. Olimov, M.S. Saidov, Applied Solar Energy 44(1), 46–52 (2008)
  12. M.S. Saidov, B.M. Abdurakhmanov, L.O. Olimov, Applied Solar Energy 43(4), 203– 206 (2007)
  13. L.O. Olimov, Applied Solar Energy 46(2), 118–121 (2010)