INTENSIV BOG‘LARDAGI OLMA DARAXTLARIGA ELEKTROTEXNOLOGIK ISHLOV BERADIGAN QURILMANI SINOV NATIJALARI VA TEXNIK–IQTISODIY SAMARASINI ANIQLASH

Xolmirzayev I. J., Sheraliyev D. D., Eshmurodov S. S., Qodirov J. U., Esanov J. A. & Xoliyorov A. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada intensiv olma bog‘laridagi shira hasharotlariga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan, UV-C nurlanishiga asoslangan ko‘chma elektrotexnologik qurilmaning texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinadi. Qurilma 253,7 nm to‘lqin uzunligidagi ultrabinafsha nurlari yordamida zararkunandalarga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot doirasida qurilmaning turli masofalarda (0,3 m, 0,6 m va 0,9 m) va turli vaqt intervallarida (10, 15, 20 daqiqa) ishlash samaradorligi o‘rganildi. Eksperimental natijalar 0,3 m masofada 20 daqiqalik takroriy ishlov berish orqali eng yuqori biologik samaraga erishish mumkinligini ko‘rsatdi. Shuningdek, maqolada an’anaviy kimyoviy usul va taklif etilayotgan elektrotexnologik usulning iqtisodiy solishtirma tahlili keltirilgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, UV-C usulini qo‘llash 0,7 gektar maydon misolida uch yil davomida 40,7 mln so‘mdan ortiq iqtisodiy samara berishi hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashi isbotlangan.


Adabiyotlar

  1. T.M.Bayzakov, Sh.B.Yusupov. I.J.Xolmirzayev “Инновационный метод борьбы с вредными насекомыми и болезнями растений с помощью ультрафиолетового света” Экономика и социум №3(118) 2024 www.iupr.ru.
  2. Volkov A.G. Plant Electrophyсiology: Theory & Methodс. – Сpringer, 2006. – P. 89–102.
  3. T.M.Bayzakov, Sh.B.Yusupov. I.J.Xolmirzayev “O‘simlik zararkunandalariga ultrabinafsha nurlari bilan qarshi kurashish usullarini tadqiq etish”, “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий-техникавий журнал №4/2024. 374-376-b.
  4. 4.Baykova O.L. Ultraviolet irradiation and inсect mortality. – Novoсibirсk: RAС Preсс, 2012. – 198 с. – С. 117–122.
  5. T.M.Bayzakov, Sh.B.Yusupov, I.J.Xolmirzayev, “O‘simliklаrni zаrаrli hаshаrоtlаrdаn himоyа qilishning elektrоfizik usulining sаmаrаdоrligi” Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2024, T.28, №4)-P.243-245.
  6. ГОСТ 53056-2008. Техникасельскохозяйственная. Метода экономической отценки.-М.: Изд-во стандартинфори, 2009.-19 с.