INTENSIV BOG‘LARDAGI OLMA DARAXTLARIGA ELEKTROTEXNOLOGIK ISHLOV BERADIGAN QURILMANI ISHLAB CHIQISH USULI VA NATIJASI

Xolmirzayev I. J., Sheraliyev D. D., Eshmurodov S. S., Qodirov J. U., Esanov J. A. & Xoliyorov A. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada intensiv olma bog‘larida uchraydigan shira hasharotlariga qarshi ultrabinafsha (UV-C) nurlanishidan foydalangan holda elektrotexnologik qurilmani ishlab chiqish va dala sinovlari natijalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi bog‘dorchilikda kimyoviy pestitsidlarga ekologik xavfsiz muqobil variantlarni yaratishdan iborat. Ishlab chiqilgan qurilma ikki tomonlama energiya tizimi bilan ta’minlangan: 220V tarmoq va avtonom quyosh panellari, bu esa qurilmaning turli dala sharoitlarida universalligini ta’minlaydi. Eksperimental tadqiqotlar Surxondaryo viloyatigi “ANGOR SHIRIN” va “G‘ULOMOV BAXRIDDIN” fermer xo‘jaliklarida o‘tkazildi. Tadqiqot metodologiyasi 0,3 metr masofada nurlanish davomiyligini (10, 15 va 20 daqiqa) o‘zgartirishga asoslangan. Natijalar nurlanish vaqti va biologik samaradorlik o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini ko‘rsatdi. 20 daqiqalik birinchi ishlovdan so‘ng samaradorlik 69,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, ikkinchi takroriy ishlovdan so‘ng shiralarning nobud bo‘lish ko‘rsatkichi 98,1% ga yetdi. Olingan natijalar UV-C nurlanishi asosidagi elektrotexnologik ishlov berish usuli zamonaviy intensiv qishloq xo‘jaligida zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalarsiz kurashishning yuqori samarali va barqaror usuli ekanligini tasdiqlaydi.


Adabiyotlar

  1. T.M.Bayzakov, Sh.B.Yusupov. I.J.Xolmirzayev “Инновационный метод борьбы с вредными насекомыми и болезнями растений с помощью ультрафиолетового света” Экономика и социум №3(118) 2024 www.iupr.ru.
  2. Volkov A.G. Plant Electrophyсiology: Theory & Methodс. – Сpringer, 2006. – P. 89–102.
  3. T.M.Bayzakov, Sh.B.Yusupov. I.J.Xolmirzayev “O‘simlik zararkunandalariga ultrabinafsha nurlari bilan qarshi kurashish usullarini tadqiq etish”, “Фан ва технологиялар тараққиёти” Илмий-техникавий журнал №4/2024. 374-376-b.
  4. Baykova O.L. Ultraviolet irradiation and inсect mortality. – Novoсibirсk: RAС Preсс, 2012. – 198 с. – С. 117–122.
  5. T.M.Bayzakov, Sh.B.Yusupov, I.J.Xolmirzayev, “O‘simliklаrni zаrаrli hаshаrоtlаrdаn himоyа qilishning elektrоfizik usulining sаmаrаdоrligi” Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2024, T.28, №4)-P.243-245.
  6. ГОСТ 53056-2008. Техникасельскохозяйственная. Метода экономической отценки.-М.: Изд-во стандартинфори, 2009.-19 с.