COPRINOPSIS ATRAMENTARIA QO‘ZIQORINI BIOMASSASIDAN AJRATIB OLINGAN IKKILAMCHI METABOLITLAR
Kaxarova M. F. & Kamolov L. S.
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda Coprinopsis atramentaria qo‘ziqorinining geksanli ekstrakti gaz xromatografiya–mass-spektrometriya (GC–MS) usuli yordamida tahlil qilindi. Tadqiqotning asosiy maqsadi qo‘ziqorin tarkibidagi lipofil ikkilamchi metabolitlarni aniqlash va ularning strukturaviy xususiyatlarini va biologik ahamiyatini baholashdan iborat edi. GC–MS tahlili natijalariga ko‘ra ekstrakt tarkibida yog‘ kislotalari, ularning metil efirlari, uglevodorodlar va sterol hosilalari aniqlangan. Shu jumladan biologik faol moddalar 9,12-oktadekadiyen kislota (linolein kislota) va uning metil efiri, geksadekan kislota va uning metil efiri, metil stearat, geksadekan, oktadekan va ergosterol hosilalari aniqlandi. Bu komponentlar yuqori antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va antimikrob xususiyatlarni o‘zida namoyon qiladi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, Coprinopsis atramentaria qo‘ziqorinining geksanli ekstraksiyasi bioaktiv yog‘ kislotalari va ularninf efirlari, sterollarga boy bo‘lib, ushbu qo‘ziqorinni farmatsevtika hamda biotexnologiya sohalarida qo‘llash imkonini beradi.
Adabiyotlar
- Zhang, J., Wang, G., Li, H., Zhuang, C., Mizuno, T., Ito, H., Suzuki, C. (2020). Antitumor polysaccharides from mushrooms: a review. International Journal of Medicinal Mushrooms, 22(5), 1–15.
- Heleno, S. A., Ferreira, I. C. F. R., Antonio, A. L., Queiroz, M. J. R. P., Barros, L. (2015). Nutritional value, bioactive compounds, and antioxidant properties of three edible mushrooms. Food Chemistry, 170, 460–466.
- Kalač, P. (2016). Edible mushrooms: Chemical composition and nutritional value. Academic Press.
- Patel, S., Goyal, A. (2012). Recent developments in mushrooms as anti-cancer therapeutics: a review. 3 Biotech, 2(1), 1–15.
- Wasser, S. P. (2014). Medicinal mushroom science: history, current status, future trends, and unsolved problems. International Journal of Medicinal Mushrooms, 16(1), 1–16.
- AOAC (2019). Official Methods of Analysis. Association of Official Analytical Chemists, Washington DC.
- Adams, R. P. (2007). Identification of essential oil components by gas chromatography/mass spectrometry. Allured Publishing Corporation.