O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRILADIGAN SHOLG‘OM (BRASSICA RAPA L) BARGI TARKIBIDAGI AYRIM FENOL BIRIKMAKLARI VA VITAMINLAR TAHLILI
Asqarov I. R., Atakulova N. B. & Madaminova G. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston hududida yetishtiriladigan sholgʻom (Brassica rapa L.) bargining botanika tasnifi, morfologik tuzilishi, ekologik tarqalishi hamda kimyoviy tarkibi har tomonlama oʻrganilgan. Sholgʻom karamdoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub boʻlib, xalq xoʻjaligida muhim ahamiyatga ega boʻlgan sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Amaliyotda asosan uning ildizmevasi oziq-ovqat sifatida keng isteʼmol qilinadi, biroq barg qismi yetarli darajada ilmiy baholanmagan. Tadqiqot jarayonida sholgʻom bargining asosiy vegetativ organlari ildiz, poya va barg qismlarining umumiy tavsifi berilib, barglarning oziqaviy va biologik faolligi alohida tahlil qilindi. Kimyoviy tahlillar natijasida sholgʻom barglarida inson organizmi uchun muhim bo‘lgan makro va mikroelementlar, oqsillar, vitaminlar hamda biologik faol fenol birikmalar mavjudligi aniqlandi. Makro va mikroelementlar miqdori, shuningdek, fenol birikmalarning tarkibi Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usulida aniqlanib, ularning miqdoriy ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Fenol birikmalarni aniqlash jarayonida erituvchi sifatida etanol, sirka kislotasi va atsetonitril qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, sholg‘om barglari fenol birikmalarga, jumladan apigeninga boy bo‘lib, ular antioksidant xususiyatga ega. Ushbu birikmalar inson organizmida erkin radikallarning zararli taʼsirini kamaytiradi va bir qator kasalliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ilmiy natijalar sholgʻom barglarini funksional oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalar va farmatsevtik xomashyo sifatida istiqbolli manba ekanligini asoslaydi.
Adabiyotlar
- Comparison of glucosinolate profiles in different tissues of Bhandari SR, Jo JS, Li JG nine Brassica crops. Molecules. 2015;20:15827–15841. doi: 10.3390 / mollecules200915827. [ DOI] [PMC free article ] [PubMed ] [Google Scholar
- Zhu B., Liang Z., Zang Y., Zhu Z., Yang J. A wide variety of glucosinolates among Brassicaceae vegetables that are common in China. Hortic. Factory J. 2023;9:365–380. doi: 10.1016 / j.hpj.2022.08.006. [ DOI] [Google Scholar
- Comparative analysis of secondary metabolites in Park CH, Park SY, Park YJ, Kim JK, Park SU metabolite profile and Chinese cabbage, radish and hybrid xbrassicoraphanus. J. Agric. Food Chemistry. 2020;68:13711–13719. doi: 10.1021 / acs.jafc.0c04897. [ DOI] [PubMed] [Google Scholar
- Iahtisham Ul H., Han S., Awan KA, Iqbal MJ Sulforafan as a potential anti-cancer agent: a comprehensive mechanical examination. J. Food biochemistry. 2022; 46: e13886. doi: 10.1111 / jfbc.13886. [ DOI] [PubMed] [Google Scholar
- Felker P., Bunch R., Leung AM the concentration of thiocyanate and goitrin in human plasma, their precursor concentration in Brassica vegetables, and potential risk for hypothyroidism. Nutr. Revelation 2016; 74: 248-258. doi: 10.1093/nutrit / nov110. [ DOI] [PMC free article ] [PubMed ] [Google Scholar
- Del Bo ' C., Bernardi S., Marino M., Porrini M., Tucci M., Guglielmetti S., Cherubini A., Carrieri B., Kirkup B., Kroon P. etc. Polyphenol intake and systematic review of health outcomes: is there sufficient evidence to determine a polyphenol-rich diet that promotes health? Nutrients. 2019;11:1355. doi: 10.3390 / nu11061355. [ DOI] [PMC free article ] [PubMed ] [Google Scholar
- Bouslimi H., Ferreira R., Dridi N., Brito P., Martins-Dias S., Cador I., Sleimi N. The effect of barium stress on Brassica juncea and Cakile Maritima: the indicator role of some antioxidant enzymes and secondary metabolites . Fiton-Inter. J. Exp Bot. 2021;90:145–158. doi: 10.32604 / phyton.2020.011752. [ DOI] [Google Scholar
- Yang J, Lou J, Zhong W, Li Y, He Y, Su S, Chen X, Zhu B. Chemical Profile of Turnip According to the Plant Part and the Cultivar: A Multivariate Approach. Foods. 2023 Aug 24;12(17):3195. doi: 10.3390/foods12173195. PMID: 37685128; PMCID: PMC10486609.