KOMPRESSOR DEGRADATSIYASINING KOMPRESSOR STANSIYASINING SAMARADOR ISH REJIMIGA TA’SIRI
Ishnazarov O. X., Hoshimov U. H., Ishanova D. A. & Abdug‘aniyev O. S.
Annotatsiya
Sanoat korxonasidagi siqilgan havo tizimida parallel ulangan kompressorlarga ega kompressor stansiyasida odatda barcha kompressorlarda yuklanish teng taqsimlanadi. Biroq, agar kompressorlar quvvati bir xil va chastotaviy boshqarish mavjud bo‘lsa ham kompressorlarning degradatsiyasi mavjud bo‘lganda, bu strategiya optimal hisoblanmaydi. Kompressorlarning bir xil bo‘lmay qolishining keng tarqalgan sabablaridan biri — ularning ishlash ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan degradatsiyaga uchrashidir. Degradatsiya parallel ishlayotgan kompressor stansiyasi qurilmalarini ishlatish uchun zarur bo‘lgan quvvat sarfini oshiradi va massa sarflarining optimal taqsimlanishini o‘zgartiradi. Bu o‘zgarishni e’tiborga olib yuklamani holatga moslab taqsimlanishi energiya samaradorligini oshiradi. Ushbu maqoladagi tadqiqot natijalari kompressor stansiyasining ish rejimlarini mos ravishda o‘zgartirish orqali degradatsiya sababli yuzaga keladigan qo‘shimcha elektr quvvati sarfini minimallashtirish imkoniyatiga erishish mumkinligi asoslangan.
Adabiyotlar
- Liptak, B.G. (Ed.). (2005). Instrument Engineers’ Handbook, Volume Two: Process Control and Optimization (4th ed.). CRC Press. https://doi.org/10.1201/9781315219028.
- Verheyleweghen, A., Jäschke, J., 2017. Health-aware operation of a subsea gas compression station under uncertainty. Foundations of Computer Aided Process Operations/chemical Process Control. Paper ID F26, FOCAPO/CPC; 8–12 Jan 2017 Tucson, AZ.
- J. T. Gravdahl and O. Egeland, Compressor Surge and Rotating Stall: Modeling and Control. Berlin, Germany: Springer, 2012.
- M. Venturini, “Development and experimental validation of a compressor dynamic model,” J. Turbomachinery, vol. 127, no. 3, pp. 599–608, 2004.
- P. Milosavljevic, A. G. Marchetti, A. Cortinovis, T. Faulwasser, M. Mercangöz, and D. Bonvin, ‘‘Real-time optimization of load sharing for gas compressors in the presence of uncertainty,’’ Appl. Energy, vol. 272, Aug. 2020, Art. no. 114883.
- Noura, H., Theilliol, D., Ponsart, J.C., Chamseddine, A., 2009. Actuator and sensor fault-tolerant control design. In: Fault-Tolerant Control Systems. Springer, pp. 7– 40. doi:10.1007/978-1-84882-653-3_2.
- BS EN 61069-1:2016. Industrial-process measurement, control and automation. Evaluation of system properties for the purpose of system assessment. Terminology and basic concepts. Standard, British Standards Institution.URL https://bsol.bsigroup.com.
- Meher-Homji, C.B., Bromley, A., 2004. Gas turbine axial compressor fouling and washing. In: Proceedings of the 33rd Turbomachinery Symposium doi:10.21423/ R1S66R. Texas A&M University. Turbomachinery Laboratories.