O‘ZBEKISTONDA INFLYATSION TARGETLASH SIYOSATI VA MAKROIQTISODIY BARQARORLIK: 2000–2025 YILLAR BO‘YICHA EMPIRIK TAHLIL
Sulaymonov A. I., Muhiddinova N. I. & Yodgorova Z. Y.
Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida 2000–2025 yillar davomida inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish, xorijiy investitsiyalar va makroiqtisodiy barqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlik empirik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida deskriptiv statistika, korrelyatsion va regressiya tahlili usullaridan foydalanildi. Tahlil natijalari inflyatsiyaning iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Jumladan, inflyatsiyaning 1 foiz punktga oshishi YaIM o‘sish sur’atining o‘rtacha 0,22 foiz punktga pasayishiga olib kelishi kuzatildi. Tadqiqot natijalari inflyatsiyaning xorijiy investitsiyalar oqimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. O‘zbekiston iqtisodiyotida 2000–2025 yillar davomida o‘rtacha inflyatsiya darajasi 10,4 foizni, standart og‘ish esa 6,38 foiz punktni tashkil etdi, bu esa inflyatsiya darajasining yuqori o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda inflyatsion targetlash siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynagani, biroq 2023-yilgacha 5 foizlik inflyatsiya maqsadiga to‘liq erishilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat iqtisodiy liberallashuv, valyuta kursining erkinlashtirilishi, tarif islohotlari va global inflyatsion bosimlar bilan izohlanadi.
Adabiyotlar
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi PF–5877-son Farmoni “Inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2000–2025”.
- O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Pul-kredit siyosati sharhlari va hisobotlari.
- Mishkin F. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. – Pearson Education, 2019.
- Blanchard O. Macroeconomics. – Pearson, 2021.
- Mankiw N.G. Principles of Economics. – Cengage Learning, 2020.
- Romer D. Advanced Macroeconomics. – McGraw-Hill Education, 2018.
- IMF. Inflation Targeting and Monetary Policy Frameworks in Emerging Economies. – Washington DC, 2022.
- World Bank. World Development Indicators Database. – Washington DC, 2024.
- Barro R., Sala-i-Martin X. Economic Growth. – MIT Press, 2004.