GAZANDA O‘SIMLIGI EKSTRAKTI TARKIBIDAGI SUVDA ERUVCHAN VITAMINLAR MIQDORINI YUSSX USULIDA ANIQLASH
To‘lqinov I. M.
Annotatsiya
Mazkur maqolada gazanda o‘simligi ekstrakti tarkibidagi suvda eruvchan vitaminlar miqdorini yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi - YUSSX usuli yordamida aniqlash natijalari yoritilgan. Tadqiqotda B1, B2, B6, B9, B12 va C vitaminlari standart eritmalari tayyorlanib, ularning xromatografik ajralishi Shimadzu LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografida amalga oshirildi. Namuna tarkibidagi vitaminlar 0,1 N HCl eritmasi ishtirokida ultratovushli ekstraksiya usuli orqali ajratib olindi. Olingan natijalar gazanda o‘simligi ekstraktida, ayniqsa, C vitamini miqdori yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, B2 va B6 vitaminlari ham sezilarli miqdorda aniqlangan bo‘lib, B12 vitamini namuna tarkibida aniqlanmadi. Tadqiqot natijalari gazanda o‘simligining biologik faol qo‘shimcha, fitopreparat va funksional oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida qo‘llanish imkoniyatlarini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Skoog D. A., Holler F. J., Crouch S. R. Principles of Instrumental Analysis. Cengage Learning, 2017.
- Snyder L. R., Kirkland J. J., Dolan J. W. Introduction to Modern Liquid Chromatography. Wiley, 2010.
- Kazakevich Y., Lobrutto R. HPLC for Pharmaceutical Scientists. Wiley, 2007.
- European Pharmacopoeia. Chromatographic Separation Techniques. Council of Europe, latest edition.
- United States Pharmacopeia. General Chapter: Chromatography. USP–NF.
- Ball G. F. M. Vitamins in Foods: Analysis, Bioavailability, and Stability. CRC Press, 2006.
- Eitenmiller R. R., Landen W. O., Ye L. Vitamin Analysis for the Health and Food Sciences. CRC Press, 2016.
- Nollet L. M. L., Toldrá F. Handbook of Food Analysis. CRC Press, 2015.
- Kumar S., Pandey A. K. Medicinal attributes of nettle and its phytochemical importance. Journal of Medicinal Plants Research, 2013.
- Gülçin İ. Antioxidant activity of food constituents and medicinal plants. Archives of Toxicology, 2012.