“OSMONSOY-1” BAZALTLARI ASOSIDA KISLOTALI MUHITGA BARDOSHLI MATERIALLARNING STRUKTURAVIY VA FAZAVIY XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH NATIJALARI
Kamolov B. S. & Masharipova S. M.
Annotatsiya
Ushbu tezisda mahalliy “Osmonsoy-1” bazaltlari asosida agressiv kislotali muhitlarga bardoshli keramik materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish natijalari bayon etilgan. Tadqiqotlarda bazalt, kvarts qumi, bentonit va texnik glinozyom asosida kompozitsion tarkiblar shakllantirilib, ularning fizik-mexanik, strukturaviy va kimyoviy xossalari o‘rganildi. Materiallarni olish jarayonida xomashyo tarkibi, presslash bosimi, kuydirish harorati va ushlash vaqtining material xossalariga ta’siri kompleks ravishda tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, optimal texnologik parametrlar sifatida 25 MPa presslash bosimi, 1150°C kuydirish harorati, 60 minut ushlash vaqti hamda 3°C/min sovitish tezligi tanlandi. XRD, FTIR va SEM tahlillari asosida material tarkibida mullit, anortit va plagioklaz fazalari shakllanishi aniqlanib, zich alumosilikat skelet hosil bo‘lishi hisobiga yuqori kislotabardoshlik ta’minlanishi asoslandi.
Adabiyotlar
- Davidovits J. Geopolymer Chemistry and Applications. – Paris: Institut Géopolymère, 2015.
- Singh M., Rogers D. Acid resistant aluminosilicate ceramic composites // Ceramics International. – 2021. – Vol. 47. – P. 658–670.
- Provis J.L., van Deventer J.S.J. Alkali Activated Materials. – Springer, 2014.
- Wang S., Scrivener K. Hydration products of alkali activated slag cement // Cement and Concrete Research. – 1995. – Vol. 25. – P. 561–571.
- Bernal S.A., Provis J.L. Durability of alkali-activated materials // Journal of the American Ceramic Society. – 2014. – Vol. 97. – P. 997–1008.
- Камолов, Б. С. (2025). Анализ физико-химических свойств базальтов месторождения «osmonsoy-1». Universum: технические науки, 7(11 (140)), 65-69.