BA’ZI POLIFENOLLAR VA ULARNING AYRIM HOSILALARINI KOMPYUTER DASTURLARI YORDAMIDA BIOLOGIK FAOLLIKLARINI O‘RGANISH

Axmedov A. R. & Abduraxmanova U. K.


Annotatsiya

Bugungi kunda flavonoid birikmalar o‘zining turli birikmalar va kompleks turlari bilan jadal rivojlanmoqda, ayni shu turdagi o‘simlik flovonlaridan rutin va kversetin moddasi birikmalari ham rivojlanib bormoqda .Ushbu tadqiqotda polifenol birikmalari bo‘lgan rutin va kversetin molekulalarining biologik ahamiyatga ega maqsadli oqsillar bilan o‘zaro ta’sirini baholash maqsadida kompyuter-modellashtirishga asoslangan auto-docking tahlili amalga oshirildi. Ligandlar sifatida rutin va kversetin makromolekula sifatida esa tanlangan oqsilning kristall tuzilmasi (PDB) qo‘llanildi. Docking jarayonining dastlabki bosqichida oqsil strukturasidan suv molekulalari va keraksiz ligandlar olib tashlandi, protonlash darajasi moslashtirildi. Rutin va kversetin molekulalari geometriyasi optimallashtirildi,. Hisoblashlar AutoDock Vina dasturida bajarilib, eng quyi bog‘lanish energiyasiga ega modellarning orientatsiyalari (pose) tahlil qilindi. Natijalar rutin va kversetin molekulalarining aktiv markaz aminokislotalari bilan kuchli vodorod bog‘lari, π–π ta’sirlar va gidrofob kuchlar orqali barqaror komplekslar hosil qilishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Rutin va Kversetin birikmalarining biologik faolligini prognoz qilish, shuningdek yangi bioaktiv moddalarning dizaynida muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Panche, AN, Diwan, AD va Chandra, SR (2016). Flavonoidlar: tavsif. Sog‘lom fanlar kundaligi, 5, e47.
  2. Rodriguez-Mateos, A., Vauzour, D., Krueger, CG, Shanmuganayagam, D., Reed, J., Calani, L., ... va Crozier, A. (2014). Bioavailability, bioaktivlik va parhez flavonoidlari va tegishli birikmalarning kuchiga ta'siri: yangilanish. Toksikologiya hujjatlari, 88(10), 1803-1853.
  3. Del Rio, D., Rodriges-Mateos, A., Spenser, JP, Tognolini, M., Borxes, G. va Crozier, A. (2013). Inson farovonligidagi parhez (poli) fenollar: dizaynlar, bioavailability vadavom etayotgan kasalliklarga qarshi himoya ta'sirini isbotlash. Antioksidantlar va redoks belgilari, 18(14), 1818-1892.
  4. Panche, AN, Diwan, AD va Chandra, SR (2016). Flavonoidlar: tavsif. Sog‘liqni saqlash fanlari kundaligi, 5, e47.
  5. Vang, S., Moustaid-Moussa, N., Chen, L., Mo, H., Shastri, A., Su, R. va Shen, CL (2014). Parhezli polifenollar va to‘liqlik bilan bog‘liq yangi tajribalar. Sog‘lom organik kimyo kundaligi, 25(1), 1-18.
  6. Vauzour, D., Rodriguez-Mateos, A., Crown, G., Oruna-Concha, MJ va Spenser, JP (2010). Polifenollar va inson farovonligi: kasalliklarga qarshi kurash va faoliyat komponentlari. Qo‘shimchalar, 2(11), 1106-1131.
  7. Panahi, Y., Hosseini, MS, Khalili, N., Naimi, E., Majeed, M., and Sahebkar, A. (2015). Metabolik holati bo‘lgan sub’ektlarda curcuminoid-piperin aralashmasining hujayralarni mustahkamlash va tinchlantiruvchi ta'siri: randomize nazorat ostida dastlabki va yangilangan meta-tekshiruv. Klinik ta'minot, 34(6), 1101-1108.
  8. Uilyamson, G. va Klifford, MN (2017). Polifenollarning metabolik taqdirini hal qilishda kichik ovqat hazm qilish tizimi, yo‘g‘on ichak va mikrobiotaning vazifasi.Biokimyoviy farmakologiya, 139, 24-39.