ULTRATOVUSH YORDAMIDA MIS RUDASI FLOTATSIYASINI AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH TIZIMINI MATEMATIK MODELLASHTIRISH
Artikov A. ., Isakov A. ., Panjiyev D. . & Nasirova S. .
Annotatsiya
Mis rudalarini flotatsiya usulida boyitish jarayonida texnologik parametrlarning o‘zgaruvchanligi hamda jarayonning murakkabligi boshqaruv tizimlariga yuqori talab qo‘yadi. Flotatsiya davomida havo pufakchalari dispersiyasining buzilishi, reagentlarning notekis taqsimlanishi va pulpa tarkibining o‘zgarishi misni ajratib olish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli flotatsiya jarayonini avtomatlashtirilgan holda boshqarish va texnologik parametrlarni optimal qiymatlarda ushlab turish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ultratovush yordamida mis rudasi flotatsiyasini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini matematik modellashtirish masalalari tahlil qilingan. Tizim tarkibiga flotatsiya apparati, ultratovush generatori, datchiklar, boshqaruvchi qurilma va ijro mexanizmlari kiritilgan. Jarayonni boshqarishda havo sarfi, pulpa sathi, pH muhiti, ultratovush intensivligi hamda mis konsentratsiyasi asosiy parametrlar sifatida qaralgan. Tadqiqot davomida ultratovushning pufakchalar hosil bo‘lishi, zarracha yuzasining tozalanishi va massa almashinish jarayonlariga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining ishlash algoritmi hamda texnologik parametrlarning o‘zaro bog‘liqligi matematik jihatdan ifodalangan. Model asosida jarayon parametrlarini boshqarish orqali flotatsiya samaradorligini oshirish va texnologik jarayonning barqaror ishlashini ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan.
Adabiyotlar
- Artikov A.A. Muhandislik texnologiyalarini yaratish va boshqarish jarayonida tizimli fikrlash. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2023. – 216 b.
- Abramov A.A. Flotatsion boyitish usullari. – Moskva: Nedra, 2019. – 456 b.
- Kienko L.A., Sazonov A.A. Intensifikatsiya flotatsii ultrazvukom // Obogashcheniye rud. – 2015. – №4. – S. 22–27.
- Petrov I.V., Sidorov V.N. Avtomatizatsiya protsessov flotatsii // Gornyy jurnal. – 2018. – №7. – S. 64–69.
- Samylin V.N., Kondratev S.A. Vliyaniye ultrazvukovoy obrabotki na flotatsionnyye svoystva mednykh mineralov // Fiziko-tekhnicheskiye problemy razrabotki poleznykh iskopayemykh. – 2018. – №2. – S. 115–121.
- Chen G., Zhao Y., Li H. Ultrasonic-assisted flotation of copper sulfide ore // Minerals Engineering. – 2019.
- A Review of Ultrasonic Treatment in Mineral Flotation: Mechanism and Recent Development. – 2024.
- Flotation equipment automation and intelligent froth feature extraction in flotation process: a review. – 2025.