BOSIMLI SUV UZATISH TIZIMLARIDA PLASTMAS VA PO‘LAT QUVURLARNING GIDRAVLIK HAMDA ENERGETIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Samiyev L. N. & Abdurahimova D. F.
Annotatsiya
Ushbu maqolada plastmas va po‘lat quvurlarda gidravlik qarshiliklarning shakllanishi hamda quvur ichki yuzasi g‘adir-budurligining energetik samaradorlikka ta’siri nazariy-hisobiy yondashuv asosida baholandi. Hisoblashlar ichki diametri D=0.1m bo‘lgan bosimli quvur uchun Darcy–Weisbach tenglamasi va Colebrook–White munosabati asosida bajarildi. Plastmas quvur uchun absolut g‘adir-budurlik Δpl=0.025 mm, po‘lat quvur uchun esa Δst=0.5 mm deb qabul qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Reynolds soni ortishi bilan quvur ichki yuzasining g‘adir-budurligi ishqalanish koeffitsienti va solishtirma gidravlik qarshilikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yuqori Reynolds sonlari sharoitida po‘lat quvurdagi solishtirma gidravlik qarshilik plastmas quvurga nisbatan taxminan 1.9–2.0 marta yuqori bo‘ldi. To‘liq rivojlangan turbulent oqim, ya’ni kvadrat qarshilik sohasida ushbu farq 2.1 martagacha yetishi aniqlandi. Olingan natijalar plastmas quvurlarning past g‘adir-budurligi bosim yo‘qotishlarini kamaytirishi, nasos quvvatiga bo‘lgan talabni pasaytirishi va bosimli suv uzatish tizimlarining energetik samaradorligini oshirishini ko‘rsatadi. Shu sababli plastmas quvurlar yuqori sarfli va uzoq masofali gidrotizimlarda energiya tejamkor muhandislik yechimi sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Adabiyotlar
- Latipov K.Sh. K opredeleniyu koeffitsiyenta gidravlicheskogo treniya. DAN, 1982. pp. 30–35.
- Latipov K.Sh. Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar. Toshkent: O‘qituvchi, 1992. 335 b.
- Shterenlixt D.V. Gidravlika. Moskva: Energoatomizdat, 1984. 640 b.
- Latipov K.Sh., Arifjanov A.M. Voprosy dvizheniya vzvesenesushchego potoka v otkrytykh ruslakh. Toshkent: Mehnat, 1994. 110 b.
- Altshul A.D. Mestnye gidravlicheskie soprotivleniya pri dvizhenii vyazkikh zhidkostey. Moskva: Gostoptekhizdat, 1962. 114 b.
- Darcy H. Recherches expérimentales relatives au mouvement de l’eau dans les tuyaux. Paris: Mallet-Bachelier, 1857.
- Colebrook C.F., White C.M. Experiments with fluid friction in roughened pipes. Proceedings of the Royal Society of London. Series A, 1937, Vol. 161, pp. 367–381. DOI: 10.1098/rspa.1937.0150
- Swamee P.K., Jain A.K. Explicit equations for pipe-flow problems. Journal of the Hydraulics Division, 1976, Vol. 102, No. 5, pp. 657–664.
- Li S., Huai W. United formula for the friction factor in the turbulent region of pipe flow. PLOS ONE, 2016, Vol. 11, No. 5, e0154408. DOI: 10.1371/journal.pone.0154408
- Basse N.T. Turbulence intensity and the friction factor for smooth- and rough-wall pipe flow. Physics of Fluids, 2018. arXiv:1612.08540.
- Arifjanov A.M., Fatxulloyev A.M., Rakhimov K.T., Otakhonov M.Y., Allayorov D.Sh. Coefficient of hydraulic friction of plastic pipes. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2022, Vol. 1112, 012135. DOI: 10.1088/1755-1315/1112/1/012135
- Arifjanov A., Babajanov F., Akhmedov I., Fozilov O., Umarov I. Analysis results of data obtained in natural field research in mountain river Sokhsoy. E3S Web of Conferences, 2023, Vol. 365, 03017. DOI: 10.1051/e3sconf/202336503017
- Dolan D. How plastic pipes can boost energy efficiency. Modern Building Services, 2016, February.
- Engineer Fix. How the Colebrook Equation Calculates Pipe Friction. Engineer Fix, 2025.
- Gulf Eternit. HDPE Product Information. Gulf Eternit, 2019.
- HDPE Pipes. Understanding HDPE Pipe Specifications for Water Supply. Sino Pipe Factory, 2024.
- America’s Plastic Makers. Unlocking Savings with Efficient Pumps and Plastic Water Pipes. America’s Plastic Makers, 2024.