QUYOSH VA SHAMOL ENERGIYASIGA ASOSLANGAN GIBRID ENERGIYA TIZIMINING TEXNIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI
Qodirov D. ., Qobilov R. . & Yeskuatova A. .
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kungrad tumani 36-maktab misolida quyosh va shamol energiyasiga asoslangan gibrid energiya tizimini loyihalash hamda uning texnik-iqtisodiy samaradorligini baholashga bag‘ishlangan. Tadqiqotda maktabning 24,5 kVt o‘rnatilgan yuklamasi va kunlik elektr energiyasi iste’moli asosida 23,2 kVt quvvatga ega bo‘lgan 40 dona monokristalli quyosh panellari hamda Bergey exsel 5 kVt quvvatli shamol generatoridan iborat gibrid tizim konfiguratsiyasi taklif etildi.Fotoelektr modullarining ishlash jarayoni quyosh nurlanishi intensivligi, harorat koeffitsienti va modul samaradorligiga bog‘liq holda matematik modellar yordamida tahlil qilindi. Shamol energiyasi salohiyati o‘rtacha 4,5–5,5 m/s tezlik oralig‘ida baholanib, shamol turbinasining ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari aniqlashtirildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, taklif etilgan tizim maktabning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash bilan birga, energiya ta’minotining barqarorligini oshiradi va tarmoqdan qaramlikni kamaytiradi. Iqtisodiy tahlil natijalariga ko‘ra, loyiha uchun umumiy kapital xarajat (CAPEX) 190 000 000 so‘mni tashkil etadi. Investitsiya samaradorligi o‘rnatilgan quvvat va ishlab chiqariladigan energiya hajmiga nisbatan baholandi hamda tizimning uzoq muddatli ekspluatatsiya sharoitida iqtisodiy va ekologik jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab berildi. Olingan natijalar chekka hududlarda joylashgan ta’lim muassasalari va ijtimoiy obyektlar uchun qayta tiklanuvchi energiyaga asoslangan gibrid mikrogrid tizimlarini joriy etishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, energiya xavfsizligi va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Borowy B.S., Salameh Z.M. Shamol–quyosh gibrid tizimida akkumulyator va PV massivini optimal o‘lchamlashtirish metodologiyasi // IEEE Transactions on Energy Conversion. 1996. – 11(2). – B. 367–375.
- Desideri U., Zepparelli F., Morettini V., Garroni E. Konsentrlangan quyosh energetikasi va fotoelektrik texnologiyalarni texnik va ekologik jihatdan taqqoslash // Applied Energy. 2013. – 102. – B. 765–784.
- Heide D., Greiner M., von Bremen L., Hoffmann C. To‘liq qayta tiklanuvchi Yevropa energetika tizimida shamol va quyosh generatsiyasi ortiqchaligi sharoitida energiya saqlash ehtiyojini kamaytirish // Renewable Energy. 2011.
- Yadav S., Kumar P., Kumar A. HOMER dasturi yordamida ko‘p energiya saqlash tizimli gibrid qayta tiklanuvchi energiya tizimining texnik-iqtisodiy bahosi // Energy. 2024. – 297. – 131231.
- Samy M.M., Güven A.F. Tarmoqqa ulangan PV/shamol gibrid tizimlarini akkumulyator va superkondensator bilan optimal o‘lchamlashtirish // Scientific Reports. 2025. – 15. – 45658.
- Wang Y., Chao Q., Zhao L. va boshq. Xitoyda shamol va fotoelektrik energiya salohiyatini baholash // Carbon Neutrality. 2022. – 1. – 15.
- Mellit A., Kalogirou S.A. Fotoelektrik tizimlarda sun’iy intellekt usullaridan foydalanish // Progress in Energy and Combustion Science. 2008. – 34(5). – B. 574–632.
- Kalogirou S.A. Quyosh energetikasi muhandisligi: jarayonlar va tizimlar. – 2-nashr. – Academic Press, 2014.
- Lund H. Barqaror rivojlanish uchun qayta tiklanuvchi energiya strategiyalari // Energy. 2007. – 32(6). – B. 912–919.
- Rehman S., El-Amin I. Uzoq hudud uchun quyosh PV–dizel–akkumulyator gibrid tizimini tadqiq etish // Energy. 2015. – 83. – B. 705–713.
- Khan M.J., Iqbal M.T. Mustaqil (off-grid) gibrid energiya tizimlarini dastlabki texnik-iqtisodiy tahlili // Renewable Energy. 2005. – 30(6). – B. 835–854.
- Diaf S., Notton G., Belhamel M., Haddadi M., Louche A. Turli meteorologik sharoitlarda PV/shamol gibrid tizimini loyihalash va optimallashtirish // Applied Energy. 2008. – 85(10). – B. 968–987.
- Kodirov D., Tursunov O., Talipova D. Energiya ta’minotida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishga tizimli yondashuv // IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. 2020. – 614. – 012038.
- Siddikov I., Temirov A. Gibrid energiya ta’minoti: resurslarni boshqarish va monitoring // International Journal of Theoretical and Applied Digital Technologies. 2024. – 7(1). – B. 59–65.
- Rathod A.P.S., Mittal P., Kumar B. Hududga tushadigan quyosh nurlanishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlili // ETCT xalqaro konferensiyasi materiallari. – IEEE, 2016.
- Solar Engineering of Thermal Processes J.A. Duffie, W.A. Beckman Wiley, 4th Edition, 2013.
- Wind Energy Explained: Theory, Design and Application John F. Manwell, Jon G. McGowan, Anthony L. Rogers 2nd Edition, Wiley, 2010.