O‘ZBEK TILI GAP BO‘LAKLARINING IERARXIK STRUKTURASINI GRAF MODELLARI ASOSIDA TADQIQ ETISH

Xamroyeva S. M. & Nuriddinova G. B.


Annotatsiya

Ushbu maqolada o‘zbek tili sintaktik qurilishini raqamli muhitda modellashtirishning murakkabligi, xususan, gap bo‘laklari o‘rtasidagi ierarxik munosabatlarni formal ko‘rinishga keltirish muammosi tadqiq etiladi. NLP tizimlarida o‘zbek tili kabi agglyutinativ tillarning erkin so‘z tartibiga egaligi va boy morfologik tizimi gapning ierarxik strukturasini aniqlashda graf modellaridan foydalanishni dolzarb masalaga aylantiradi. Tadqiqot muammosini ochib berishda matematik graf nazariyasi hamda bog‘liqlik grammatikasi (Dependency Grammar) metodologiyasidan foydalanildi. O‘zbek tili gap bo‘laklarining graf modellari gapdagi uzoq masofali sintaktik bog‘liqliklarni an’anaviy chiziqli usullarga qaraganda 20% aniqroq aks ettirishi isbotlandi. Mualliflar tomonidan o‘zbek tili sintaktik aloqalari uchun xos bo‘lgan bog‘liqlik tiplari klassifikatsiya qilindi. Maqolaning amaliy ahamiyati o‘zbek tili uchun intellektual sintaktik tahlilchilar (parsers) ishlab chiqish va mashina tarjimasi sifatini yaxshilash uchun texnik poydevor yaratish bilan belgilanadi.


Adabiyotlar

  1. Goldberg Y. Neural Network Methods in Natural Language Processing. – San Rafael: Morgan & Claypool Publishers, 2017. – 310 p.
  2. Kuriyozov E., et al. Building an Uzbek Dependency Treebank: Problems and Solutions // Proceedings of the 7th Workshop on NLP for Similar Languages. – 2020. – P. 120–129.
  3. Chomsky N. Syntactic Structures. – The Hague: Mouton & Co, 1957. – 117 p.
  4. Abdurahmonov Gʻ. O‘zbek tili grammatikasi (Sintaksis). – Toshkent: O‘qituvchi, 1996. – 240 b.
  5. Po‘latov A. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2011. – 180 b.
  6. Hoshimov O‘., Ismoilov I. O‘zbek tili sintaksisi masalalari. – Toshkent: Fan, 2005. – 156 b.