EKSKAVATOR SEDLOVOY PODSHIPNIGI YON ROLIKLARINING KUCHLANISH-DEFORMATSIYA HOLATINI SONLI MODELLASHTIRISH ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Xamzayev A. A. & Usmonov M. Z.


Annotatsiya

Ushbu maqolada EKG-10 bir cho‘michli karyer ekskavatorining asosiy yuk ko‘taruvchi uzellaridan biri hisoblangan sedlovoy podshipnik va uning yon roliklarining ishlash sharoitlari tahlil qilindi. Ekspluatatsiya jarayonida mazkur uzellarda hosil bo‘ladigan vertikal, gorizontal va zarbiy yuklanishlarning ta’siri natijasida yuzaga keladigan kuchlanish-deformatsiya holatlari o‘rganildi. Sedlovoy podshipnik va yon roliklarning yeyilish sabablari hamda ularning xizmat muddatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlandi. SolidWorks Simulation dasturi yordamida konstruksiyaning kuchlanish, deformatsiya, kontakt bosimi va xavfsizlik koeffitsienti bo‘yicha sonli tahlillari amalga oshirildi. Tadqiqot davomida amalda qo‘llanilayotgan 110G13L po‘lati bilan bir qatorda HARDOX 450, HARDOX 500 va sementatsiyalangan 20XN3A materiallarining mexanik xususiyatlari o‘zaro solishtirildi. Tahlil natijalari yangi materiallardan foydalanish sedlovoy podshipnik va yon roliklarda hosil bo‘ladigan maksimal kuchlanishlarni kamaytirishi, yeyilishga chidamlilikni oshirishi hamda ekspluatatsion xizmat muddatini 1,5–2 barobar uzaytirishini ko‘rsatdi. Shuningdek, taklif etilgan konstruktiv va material yechimlari ekskavatorning unumdorligi hamda energiya samaradorligini oshirish imkonini berishi asoslandi.


Adabiyotlar

  1. Toshov, J. B., Rabatuly, M., Khaydarov, S., Kenetayeva, A. A., Khamzayev, A., Usmonov, M., & Zheldikbayeva, A. T. (2026). Methods for analysis and improvement of dynamic loads on the steel wire rope holding the boom of steel wire rope excavators. Kompleksnoe Ispolzovanie Mineralnogo Syra= Complex use of mineral resources, 339(4), 87-96.
  2. Haydarov Sh. B. & Usmonov M. Z. (2025). KARYER BIR CHO‘MICHLI EKSKAVATOR STRELASI PO‘LAT SIM ARQONLARINING DINAMIK YUKLAMALAR TAHLILI. Development Of Science, 5(2), pp. 127-133. https://doi.org/0
  3. Abduazizov N. A., Elbekov J. U. & Usmonov M. Z. (2025). GIDRAVLIK EKSKAVATOR ISHCHI MEXANIZMLARINING OPTIMAL PARAMETRLARINI ANIQLASH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Development Of Science, 5(4), pp. 78-84. https://doi.org/0
  4. Атакулов Л.Н., Хайдаров Ш.Б., Усмонов М.З., Элбеков Ж.У. Theory of forces influencing the process of excavator bucket operation. X Юбилейной международной научно-практической конференции, посвященной «Институт высоких технологий» актуальные проблемы урановой промышленности 24–26 ноября 2022 г. Часть 1, 63-65 c.
  5. Usmonov M. Calculation of the operating load of tires of mining dump trucks. Научные междисциплинарные исследования: сборник статей I Международной научно-практической конференции. – Москва: НОЖ «Интеграл». – 2022. – 32-37 с.
  6. Haydarov, S. B., & Usmonov, M. Z. (2023). EKSKAVATOR ISHCHI A’ZOLARINING ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLIL QILISH. Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности, 1(2), 70-78.
  7. Хамзаев A.A., Усмонов M.З., Шаропов Дж.Дж. Повышение энергоэффективности и ресурсоэффективности за счет автоматизации работы насосного оборудования в шахтных условиях. Наука и инновационное развитие. 2025 г.№1. 84-93 стр.
  8. Increasing resource saving in centrifugal pumps. Кончилик машиналари ва технологиялари 2024, №1 (7) 13-бет.
  9. Аtakulov L., Haydarov Sh. Improving the small equipment of the excavator bucket. Proceedings of II International Scientific and Practical Conference Berlin, Germany 1-3 August 2021.
  10. Usmonov, M. Z., & Saidova, L. F. (2024). Determination of rational parameters of the lever. Web of Scientists and Scholars: Journal of Multidisciplinary Research, 2(2), 72-76.
  11. Lazizjon, A., Shoxid, H., & Maftun, U. (2024). Improved Application of Ecg Excavator Compressor Filter in Quarries. Naturalista Campano, 28(1), 3210-3215.