NEFT-GAZ QUDUQLARINI BURG‘ULASH TEXNOLOGIYALARINING MATEMATIK MODELI

Achilov I. A. & Azamatov I. I.


Annotatsiya

Mazkur ishda neft va gaz quduqlarini burg‘ulash texnologik jarayonlarining matematik modeli ishlab chiqilgan va tahlil qilingan. Model burg‘ulash jarayonining asosiy texnologik parametrlarini, jumladan, dolotoga beriladigan yuklama, aylanish chastotasi, burg‘ulash eritmasining sarfi, quduq tubidagi bosim hamda burg‘ulash tezligi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni ifodalaydi. Matematik modellashtirish usullari yordamida burg‘ulash jarayonining samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanib, ularning quduq qurilishi sifatiga va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari burg‘ulash rejimlarini optimallashtirish, energiya sarfini kamaytirish, avariya va asoratlar xavfini pasaytirish hamda quduq qurilishi muddatlarini qisqartirish imkonini beradi. Ishlab chiqilgan model neft-gaz konlarida quduqlarni loyihalash va burg‘ulash jarayonlarini boshqarishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.


Adabiyotlar

  1. A. Valiyev, T. Jo‘rayev. - Matematik modellashtirish asoslari–Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
  2. A.A. Samarskiy. –Matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti -Moskva: Nauka, 2005.
  3. Aminov A.M.; Fayziyev X.D. – Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash texnologiyalari. Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. – 468 b.
  4. Yuldashev T.R.; Eshev S.S. – Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash. Toshkent: Voris nashriyoti, 2019.
  5. Salimov N. – Neft va gaz burg‘ilash texnologiyasi: nazariya va amaliyot. Toshkent: Fan va texnologiya, 2021