INSOLYATSION PASSIV QUYOSH ISITISH TIZIMLARINING ISSIQLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI ENERGIYA TEJAMKORLIGINI ANIQLASH

Dusyarov A. S.


Annotatsiya

Ushbu maqolada insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlarining issiqlik samaradorligini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan. Jahon amaliyotida bino va inshootlarning umumiy energiya iste’molining taxminan 30-40% qismi isitish va sovitish tizimlariga to‘g‘ri kelishi sababli, quyosh energiyasidan foydalanish asosidagi passiv tizimlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda quyosh radiatsiyasining bino shaffof to‘siqlari orqali o‘tishi, issiqlik yo‘qotishlari hamda tizimning energiya balansiga ta’sir etuvchi asosiy parametrlar tahlil qilingan. Janubiy yo‘nalishda joylashtirilgan ikki qavatli shaffof to‘siqlar asosidagi passiv tizimlarning issiqlik samaradorligini aniqlash bo‘yicha matematik ifodalar taklif etilgan. O‘zbekistonning yuqori quyosh energiyasi salohiyati (yiliga o‘rtacha 1500–1800 kVt·soat/m²) sharoitida bunday tizimlarni qo‘llash energiya tejamkorligini sezilarli darajada oshirishi mumkinligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bino issiqlik samaradorligini oshirish va energiya sarfini kamaytirishga xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Авезов Р.Р., Орлов А.Ю. Солнечные системы отопления и горячего водоснабжения.- Ташкент: Фан, 1988.-288с.
  2. Дусяров А.С., Авезов Р.Р. Оптимальный угол наклона к горизонту трансформуемого рефлектора пассивных систем солнечного отопления // Гелиотехника, 2000. №1. Ст. 60-63.
  3. Дусяров А.С., Авезов Р.Р., Авезова Н.Р. Дневной ход тепловой эффективности пассивных систем солнечного отопления, снабженных плоскими рефлекторами. // Гелиотехника, 2001. №3. С.60-65.
  4. Дусяров А.С., Авезов Р.Р. Температурный режим помещения с рефлекторной пассивной системой солнечного отопления и аккумулятором тепла // Гелиотехника, 2000. №4. С.50-54.
  5. Справочник по климату. Вып.19. Часть 1. Солнечная радиация, радиационный баланс и солнечное сияние.- Л.: Гидрометиздат, 1966. 76 с.