RESURSI CHEKLANGAN O‘ZBEK-TURKMAN TILLARI JUFTLIGIDA INFORMATIKA DARSLIKLARINI NEYRON TARJIMA QILISH: MT5 MODELI MISOLIDA
Rajabova S. T. & Raximboyev X. J.
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek va turkman tillari o‘rtasidagi raqamli resurslar taqchilligi muammosini hal etish hamda ta’lim sohasidagi texnik matnlarni avtomatik tarjima qilish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida 5-11-sinf informatika darsliklari asosida 11 000 ta unikal parallel gapdan iborat ixtisoslashtirilgan o‘zbekcha-turkmancha korpus yaratildi. Ushbu korpus Google kompaniyasining ko‘p tilli mT5 (Multilingual T5) arxitekturasi bazasida fine-tune (sozlash) qilindi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, resurs hajmi nisbatan kichik bo‘lishiga qaramay, AKT sohasiga oid terminologik qoliplar va sintaktik tuzilmalar yuqori aniqlikda o‘zlashtirildi. Model sifati BLEU va chrF++ metrikalarida baholandi va umumiy maqsadli onlayn tarjimonlar bilan solishtirildi.
Adabiyotlar
- Vaswani, A., Shazeer, N., Parmar, N., Uszkoreit, J., Jones, L., Gomez, A. N., ... & Polosukhin, I. (2017). Attention is all you need. Advances in neural information processing systems, 30.
- Xue, L., Constant, N., Roberts, A., Kale, M., Al-Rfou, R., Siddhant, A., ... & Raffel, C. (2021). mT5: A massively multilingual pre-trained text-to-text transformer. Proceedings of the 2021 Conference of the North American Chapter of the Association for Computational Linguistics.
- Papineni, K., Roukos, S., Ward, T., & Zhu, W. J. (2002). BLEU: a method for automatic evaluation of machine translation. Proceedings of the 40th annual meeting of the Association for Computational Linguistics.