PAXTA TOZALASH MASHINALARINING TO‘RLI YUZA KONSTRUKSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH VA TOLA SIFATIGA TA’SIRINI TADQIQ ETISH
Boqijonov D. D.
Annotatsiya
Ushbu maqolada paxta xom ashyosini birlamchi qayta ishlash jarayonida tozalash texnologiyalarining o‘rni, ifloslik turlari va ularning tola sifatiga ta’siri tadqiq etiladi. Asosiy e’tibor mahalliy XK rusumli tozalash mashinalari va xorijiy (AQSH, Turkiya, Xitoy) texnologiyalarning konstruktiv xususiyatlariga, xususan, torli yuza (kolosnikli panjara) tuzilishiga qaratilgan. Tadqiqot natijasida “air-bar”, “variable grid” va “direct-feed” tizimlarining tola uzunligi hamda pishiqligini saqlashdagi samaradorligi isbotlangan. Maqola yakunida O‘zbekiston paxta tozalash sanoati uchun gibrid konstruksiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
Adabiyotlar
- Shamshitdinov, M. (2024). Improvement of the Linter Machine and Development of Its Working Scheme. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 9(4), 356-361.
- ALIYEV, B., & SHAMSHITDINOV, M. DETERMINING THE VIBRATION FREQUENCY OF THE STRENGTH OF THE MESH SURFACE OF THE LINT CLEANING MACHINE. UNIVERSUM, 5-8.
- Obidov, A., & Shamshitdinov, M. (2024). Reactive power compensation and start-up energy waste reduction of linter device electric motor. In E3S Web of Conferences (Vol. 515, p. 03013). EDP Sciences.
- Obidov A., Muradov R. Paxta xom ashyosini dastlabki ishlash texnologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021. – 285 b.
- Ergashev A., Axmedov B. Paxta tozalash korxonalarining texnologik jarayonlari va uskunalari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 312 b.
- Elmurod o‘g‘li M.S. Linter mashinasining to‘rli yuza sirtidagi lint oqimining harakatini nazariy tahlili // Conferencea. – 2024. – B. 68–73.