NATRIY DODESIL SULFAT ERITMASIDA AGREGATSIYA JARAYONLARINI DINAMIK YORUG‘LIK SOCHILISHI USULI BILAN TAHLIL QILISH
Ramazonova Z. Y.
Annotatsiya
Ushbu ishda natriy dodesil sulfat (NaDDS) suvli eritmasining zarracha o‘lchami taqsimoti dinamik yorug‘lik sochilishi (DLS) usuli yordamida eksperimental ravishda o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida olingan intensivlik taqsimoti ma’lumotlari asosida tizimda uchta asosiy pik mavjudligi aniqlandi. Birinchi pik juda kichik o‘lchamga ega bo‘lib, molekulyar daraja yoki o‘lchov shovqini bilan bog‘liq deb baholandi. Ikkinchi pik 30–50 nm diapazonda joylashib, micella agregatlari mavjudligini ko‘rsatdi. Uchinchi va eng katta pik esa 10⁴ nm atrofida kuzatilib, yirik aglomeratlarning ustun ekanini tasdiqladi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, NaDDS eritmasi monodispers emas, balki yuqori darajada polidispers tizim hisoblanadi. Bu esa surfaktant molekulalarining faqat micella hosil qilish bilan cheklanmay, balki keyingi bosqichlarda murakkab agregatsiya jarayonlariga o‘tishini anglatadi. Olingan natijalar NaDDS asosidagi kolloid tizimlarning strukturaviy xususiyatlarini chuqurroq tushunishga yordam beradi va ularni amaliy sohalarda samarali qo‘llash uchun muhim ilmiy asos yaratadi.
Adabiyotlar
- “Noorganik kimyo: Fani bo‘yicha ma’ruzalar matni,” Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent, O‘zbekiston, 2018.
- Rosen, M. J., & Kunjappu, J. T. (2012). Surfactants and interfacial phenomena (4th ed.). Wiley. https://doi.org/10.1002/9781118228920
- D. Y. Myers, Surfactant Science and Technology, 4th ed. Hoboken, NJ, USA: John Wiley & Sons, Inc., 2020, ISBN: 9781119465850.
- Israelachvili, J. N. (2011). Intermolecular and surface forces (3rd ed.). Academic Press. https://doi.org/10.1016/C2009-0-21560-1
- Bhattacharjee, S. (2016). DLS and zeta potential – What they are and what they are not? Journal of Controlled Release, 235, 337–351.
- https://doi.org/10.1016/j.jconrel.2016.06.017
- Hunter, R. J. (2001). Foundations of colloid science. Oxford University Press. https://global.oup.com/academic/product/foundations-of-colloid-science-9780198505020