“AS-NAFAS” VA “AS-IMMUN” OZIQ-OVQAT QOʻSHILMALARI TARKIBIDAGI QURUQ VA SHILLIQ MODDALAR FOIZ ULUSHINI ANIQLASH
Islombek K. J. & Abdulaziz J. A.
Annotatsiya
Tabiiy oziq-ovqat qoʻshilmalarining sifatini baholashda uning tarkibidagi organizm uchun foydali boʻlgan biologik faol moddalar ya’ni quruq (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, makro-mikroelementlar, vitaminlar, flavonoidlar) va shilliq moddalar (asosan, pentozan (90% gacha) va qisman geksozanlar) bilan belgilanadi. Yangi tayyorlangan sharbat sogʻliq uchun foydaliligini hisobga olib karam bargidan olingan sharbat asosida sirop olish uchun xozirgi kunda perkolyatsiya usulidan koʻproq foydalaniladi. Sirop olish uchun xomashyo, tanlash va yuvish, qoldiq, olingan eritma filtrlash, konsentratsiya, sifat tahlili va miqdori, qadoqlash jarayonlari amalga oshiriladi. Shilliq moddalar hamda ulardan olinadigan dori turlari tibbiyotda nafas yoʻllari shamollaganda yoʻtalni yengillashtiradigan, toʻxtatadigan va balgʻam koʻchiradigan vosita sifatida ishlatiladi. Ushbu maqolada “As-nafas” va “As-immun” oziq-ovqat qoʻshilmalari tarkibidagi quruq va shilliq moddalar foiz ulushini aniqlash haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Adabiyotlar
- Z.I. Sanoyev va boshq./Farmakognoziya/Darslik. Toshkent – 2023 – 416 b.
- H.X. Xolmatov, Oʻ.A. Ahmedov, N.A. Musayeva. “Farmakognoziya va botanika asoslari” – 3 nashri. – Toshkent: “Oʻqituvchi” NMIU, 2017.
- M.A. Joʻrayeva. “Dorivor oʻsimliklar atlasi”: Oʻquv qoʻllanma – Toshkent: Noshir nashriyoti, 2019.
- I.J. Karimov. “Karam, loviya, mosh asosida yangi oziq-ovqat qoʻshilmalari olish va ularni sinflash / dissertatsiya. Andijon shahri – 2025 -146 b.