MODIFIKATSIYALANGAN MIS-KOBALT FTALOSIANIN PIGMENTI BILAN BO‘YALGAN PAXTA MATOSINING TERMIK XOSSALARINI TGA/DTA TAHLILLARI ASOSIDA O‘RGANISH
Nazarov N. I., Beknazarov H. S., Fayziyev J. B. & Mirzoyeva G. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada modifikatsiyalangan mis-kobalt ftalosianin pigmenti bilan bo‘yalgan paxta matosining termik xossalari TGA/DTA tahlillari asosida o‘rganildi. TGA natijalari namunaning harorat ta’sirida massa yo‘qotishi bosqichma-bosqich kechishini, dastlab namlik va uchuvchan komponentlar ajralishini, asosiy parchalanish esa sellyuloza tolalarining termik destruksiyasi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. DTA tahlili pigment-tola tizimida issiqlik ta’sirida yuzaga keladigan endo- va ekzotermik jarayonlarni aniqlash imkonini berdi. Olingan natijalar modifikatsiyalangan mis-kobalt ftalosianin pigmenti paxta matosi yuzasida nisbatan barqaror himoya qatlami hosil qilib, uning termobarqarorligini oshirganligini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar
- Holkar H. et al. Simultaneous dyeing and finishing of cotton fabrics using Red Ocher earth pigment //Cellulose chemistry and technology. – 2025. – Т. 59. – №. 3-4. – С. 433-440.
- Sakamoto K., Ohno-Okumura E. Syntheses and functional properties of phthalocyanines //Materials. – 2009. – Т. 2. – №. 3. – С. 1127-1179.
- Yilmaz E., Saydam S. Synthesis, Characterization and Thermal Behavior of New Bis-Metallophthalocyanines (Cu, Co, Zn, Ni) and Bis-Metal Free Phthalocyanine // MW Journal of Science. – 2024. – Vol. 1, № 1. – P. 36–43.
- Fayziev J. B., Khodjayeva D. K. Thermal analysis of sulfated copper phthalocyanine and copper-calcium // ISJ Theoretical & Applied Science. – 2022. – № 10(114). – P. 70–73.
- Atakan R., Özcan G. A Comparative thermal analysis of fire-off treated cotton, polyester and co/pet fabrics //Textile and Apparel. – 2019. – Т. 29. – №. 4. – С. 311-316.
- Šimkovic I. TG/DTG/DTA evaluation of flame retarded cotton fabrics and comparison to cone calorimeter data //Carbohydrate polymers. – 2012. – Т. 90. – №. 2. – С. 976-981.
- Pop S. F. et al. Spectral and thermal investigations of porphyrin and phthalocyanine nanomaterials //Journal of Optoelectronics and Advanced Materials. – 2011. – Т. 13. – №. 7. – С. 906.