OCHIQ KONCHILIK ISHLARIDA BURG‘ILASH ISHLARINING SAMARADORLIGINI OSHIRUVCHI TEXNIK YECHIMLARNI ISHLAB CHIQISH
Xatamova D. N., Asanov A. T. & Sayfiddinov A. A.
Annotatsiya
Mazkur maqolada ochiq konchilik ishlarida skvajnalarni havo yordamida burg‘ilash jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan texnik yechimlar tahlil qilingan. Burg‘ilash jarayonida tog‘ jinslarining mustahkamlik koeffitsiyenti, dolotoga beriladigan o‘q bo‘ylab yuklanish, aylanish chastotasi hamda tozalovchi havo harorati skvajna tubidagi haroratga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Skvajna tubida haroratning ortishi uch sharoshkali dolotaning tishlari va matritsasida yeyilish, deformatsiyalanish hamda qizish jarayonlarini jadallashtiradi. Natijada dolotaning chidamliligi pasayadi, burg‘ilashning mexanik tezligi kamayadi va skvajnani o‘tish uchun sarflanadigan vaqt ortadi. Tadqiqotda zaboy haroratini pasaytirish maqsadida tozalovchi havoning boshlang‘ich haroratini sun’iy ravishda kamaytirish va havo sarfini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, tozalovchi havoni manfiy haroratgacha sovitish skvajna tubidagi issiqlik yuklamasini kamaytiradi hamda dolotoning ishlash muddatini oshirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, qattiq tog‘ jinslarini burg‘ilashda sovitilgan havo qo‘llanilishi yuqori aylanish chastotasi va o‘qiy yuklanishning maqbul qiymatlarini tanlash imkonini beradi. Bu esa burg‘ilash jarayonining texnik-iqtisodiy samaradorligini oshirish, asbob yeyilishini kamaytirish va ochiq kon sharoitida burg‘ilash ishlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Hustrulid W. Blasting Principles for Open Pit Mining. Vol. 1: General Design Concepts. Rotterdam: A.A. Balkema, 1999. — 382 p.
- Gokhale B.V. Rotary Drilling and Blasting in Large Surface Mines. London: CRC Press, 2010. — 744 p.
- Hartman H.L., Mutmansky J.M. Introductory Mining Engineering. 2nd ed. Hoboken: John Wiley & Sons, 2002. — 570 p.
- Teale R. The concept of specific energy in rock drilling // International Journal of Rock Mechanics and Mining Sciences & Geomechanics Abstracts. 1965. Vol. 2. Issue 1. P. 57–73.
- Abbaspour H., Drebenstedt C., Badroddin M., Maghaminik A. Optimized design of drilling and blasting operations in open pit mines under technical and economic uncertainties by system dynamic modelling // International Journal of Mining Science and Technology. 2018. Vol. 28. Issue 6. P. 839–848.
- Sandvik Mining. Rotary Drilling Bits and Drill String Tools. Technical catalogue. Sandvik Mining and Construction, 2014.
- Кутузов Б.Н. Буровзрывные работы. Москва: Недра, 1988. — 383 с.
- Ржевский В.В. Открытые горные работы. Производственные процессы. Москва: Недра, 1985. — 509 с.