KON MASHINALARI RADIATOR QURILMASINING SOVUTISH TIZIMIDA TEMPERATURA DATCHIKLARINI QO‘LLASH VA TIZIM SAMARADORLIGINI OPTIMALLASHTIRISH
Ismatov A. A. & Eshmurodov M. A.
Annotatsiya
Ushbu maqolada kon mashinalari radiator qurilmasining sovutish tizimida temperatura datchiklarini qo‘llash, ularning turlari, ishlash prinsipi va ulanish sxemalari nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Konchilik sanoatida foydalaniladigan gidravlik ekskavatorlar, avtosamosvallar, burg‘ilash qurilmalari va boshqa og‘ir texnikalar yuqori yuklama, changli muhit, harorat o‘zgarishi hamda uzluksiz ish rejimida ishlaydi. Bunday sharoitda dvigatel va gidravlik tizimlarda katta miqdorda issiqlik hosil bo‘ladi. Ushbu issiqlikni o‘z vaqtida tashqi muhitga chiqarish va haroratni me’yoriy darajada ushlab turish radiator sovutish tizimining asosiy vazifasi hisoblanadi. Maqolada radiator sovutish tizimining asosiy elementlari, ya’ni radiator yadrosi, sovutish suyuqligi, suv nasosi, termostat, ventilyator, quvurlar va temperatura datchiklarining vazifasi yoritiladi. Ayniqsa, temperatura datchiklarining analog va raqamli turlari, shuningdek termoelektrik, yarimo‘tkazgichli, pirometrik, termorezistiv, akustik va piezoelektrik datchiklarning ishlash prinsiplari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, ikki simli, uch simli, dvigatel temperatura datchigi va raqamli datchik ulanish sxemalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda radiator samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida radiator plastinalarining changlanishi, sovutish suyuqligi sifati, termostat nosozligi, suv nasosi va ventilyator samaradorligining pasayishi hamda temperatura datchiklarining noto‘g‘ri ishlashi ko‘rib chiqiladi. Sovutish tizimini optimallashtirish uchun radiatorni muntazam tozalash, sifatli sovutish suyuqligidan foydalanish, temperatura datchiklarini kalibrlash, termostat va suv nasosini diagnostika qilish, ventilyatorni nazorat qilish hamda avtomatik boshqaruv tizimlarini qo‘llash tavsiya etiladi.
Adabiyotlar
- Ismatov Adxamjon Alibek o‘g‘li, Raxmatov Ramazonjon Ravshan o‘g‘li. Gidravlik tizimlardagi ichki nosozliklardan suyuqlik oqib chiqishini ishqalanish kuchlari asosida matematik modelini ishlab chiqish. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends. Vol. 2, pp. 46-49, https://academiaone.org/index.php/2/article/view/854
- Nabijon Abduazizov, Kamol Xakimov, Sardor Turdiyev, Akbar Zhuraev, Adxam Ismatov. The impact of the amount of pollution of the fluid in the hydraulic system on the working resource of the quarry excavator. E3S Web of Conferences, 2025. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202562705001
- B.R Toshov, A.D Nietbaev, A.A Ismatov. Vintsimon harakatda qattiq jismning ixtiyoriy nuqtasining harakat tenglamasi va tezligi, Educational Research in Universal Sciences, c-473-476.
- Ismatov A. A. (2025). Gidronasos porshen harakatining matematik tahlili va differensial modellashtirish. Development Of Science, 7(2), pp. 409-414. https://doi.org/0
- Turanov E. Z., Zoxidov O. U., Xudoyberdiyev L. N. & Ismatov A. A. (2025). Kon mashinalari radiator qurilmasi gidravlik tizimini sovutishning zamonaviy texnik yechimi. Development Of Science, 10(1), pp. 378-383. https://doi.org/0
- Ismatov A. A. (2025). Gidravlik tizimdagi nasoslarning harakatlanish usullarining qiyosiy tahlillari . Development Of Science, 7(2), pp. 403-408. https://doi.org/0
- S. Zhuraev, S. A. Turdiyev, S. T. Jurayev, and S.S. Q. Salimova, "Characteristics of packing gland seals in hydraulic systems of quarry excavators and results of comparative analysis of experimental tests," Vibroengineering Procedia, Vol. 54, pp. 252–257, Apr. 2024, https://doi.org/10.21595/vp.2024.24051.
- Abdullayev Sardor Husniddinovich, Juraqulov Og‘abek Jurabek o‘g‘li, Kaxxarov Orif Odilovich, Ismatov Adxamjon Alibek o‘g‘li. Suyuqlik haroratini tashqi ta'sir orqali suyuqlikning yopishqoqligini tahlili. Часть-45_ Том-3_ Май-2025. C.255-258.
- Karshibaev A. I., Zokhidov O.U. Research of potential and effectiveness of renewable energy application at mining enterprises of the Republic of Uzbekistan. Australian Journal of Science and Technology, Volume 4; Issue 4; December 2020.