VAQTINCHALIK CHEKLOVLARNI QONDIRISH VA SCADA–IOT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BUFER OMBOR LOGISTIKA JARAYONLARINI OPTIMALLASHTIRISH

Sabirov U. K. & Mo‘ydinova S. V.


Annotatsiya

Mazkur maqolada avtomobil sanoatidagi bufer omborlar logistika tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida ko‘rib chiqilib, ushbu omborlarda jarayonlarni avtomatlashtirish bilan bog‘liq mavjud muammolar hamda ularni SCADA va IoT texnologiyalari asosida bartaraf etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda bufer omborlarning ishlab chiqarish va ta’minot zanjiri o‘rtasidagi muvofiqlashtiruvchi vazifasi, mahsulot oqimini tartibga solishdagi roli, ombor operatsiyalarining uzluksizligini ta’minlashdagi ahamiyati va ularni boshqarishdagi zamonaviy yondashuvlar o‘rganiladi. Shuningdek, amaldagi ombor logistika tizimlarida uchraydigan asosiy muammolar, jumladan, ma’lumotlarning kechikib olinishi, operatsiyalar ustidan real vaqt rejimida nazoratning yetishmasligi, inson omiliga ortiqcha bog‘liqlik, resurslardan samarasiz foydalanish, inventar hisobining noaniqligi hamda tizimlararo integratsiyaning sustligi tahlil qilinadi. Maqolada SCADA tizimining markazlashtirilgan boshqaruv, vizual monitoring va dispetcherlik nazorati imkoniyatlari hamda IoT texnologiyalarining sensorlar, identifikatsiya vositalari va uzluksiz ma’lumot almashinuvi orqali ombor ichidagi fizik jarayonlarni raqamli muhit bilan bog‘lash xususiyatlari ochib beriladi. Ushbu ikki texnologiyaning integratsiyasi natijasida bufer ombordagi qabul qilish, joylashtirish, saqlash, ichki ko‘chirish, saralash va jo‘natish jarayonlarini optimallashtirish, ma’lumotlar oqimini tezlashtirish va boshqaruv qarorlarini aniqroq qabul qilish mumkinligi asoslanadi. Tadqiqot natijasida SCADA–IoT asosidagi integratsiyalashgan ombor boshqaruv yondashuvi taklif etilib, uning logistika samaradorligini oshirish, xatoliklarni kamaytirish, buyurtmalarni bajarish tezligini yaxshilash, uskunalar va saqlash zonalaridan foydalanish darajasini oshirish hamda kelgusida aqlli ombor tizimlarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Maqola yakunida avtomobil sanoatida bufer ombor logistikasini raqamlashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.


Adabiyotlar

  1. Stouffer K., Pillitteri V., Lightman S. Guide to Industrial Control Systems (ICS) Security. NIST, 2023.
  2. Axmedov A., Xudoyberdiyev B. Logistika asoslari. Toshkent, 2020.
  3. Inductive Automation. What is SCADA? Supervisory Control and Data Acquisition. 2026.
  4. Zhen L., Li H. Smart warehouse operations management: a literature review. Frontiers of Engineering Management, 2022.
  5. Tubis A.A., Rohman J. Intelligent Warehouse in Industry 4.0. Sensors, 2023.
  6. Karimov Sh. Sanoatda avtomatlashtirish tizimlari. Toshkent, 2021
  7. To‘xtayev N. Raqamli iqtisodiyot va sanoat 4.0. Toshkent, 2021.
  8. Van Geest M., Tekinerdogan B. Smart Warehouses: Challenges and Solutions. Applied Sciences, 2022.
  9. Perotti S. Logistics 4.0 in warehousing. International Journal of Logistics Management, 2022.
  10. Rasulov O. SCADA tizimlari va ularning qo‘llanilishi. Toshkent, 2022.