PAXTA VA SOYA MOYLARI ASOSIDA MAQSADLI KUPAJLARNI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI VA ULARNING BIOLOGIK QIYMATI

Zayniddinova M. B., Bafoyev S. S. & Oltiyev A. T.


Annotatsiya

Ushbu maqolada paxta va soya moylarini ma'lum nisbatlarda kupajlash orqali biologik qiymati yuqori bo‘lgan moy kompozitsiyalarini yaratish texnologiyasi o‘rganilgan. Turli nisbatdagi kupaj namunalari — paxta moyi 60–70 %, soya moyi 30–40 % — tarkibida yog‘ kislotalari, tokoferollar va karotinoidlar miqdori tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari optimal nisbatdagi kupajlarda oksidlanishga chidamlilik 15–20 % ga, to‘yinmagan yog‘ kislotalari ulushi 20–25 % ga ortishini ko‘rsatadi. Kupajlangan moylarni ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari, jumladan xomashyoni tayyorlash, aralashtirish, filtratsiya va saqlash bosqichlari takomillashtirildi. Kupajlash natijasida moylarning oksidlanishga chidamliligi, oziqaviy qiymati va iste’mol xususiyatlari yaxshilanishi ilmiy jihatdan asoslandi. Aholining sog‘lom ovqatlanishga bo‘lgan talabi ortib borayotganligi sababli biologik qiymati yuqori bo‘lgan o‘simlik moylari ishlab chiqarish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari, fosfolipidlar, tokoferollar va antioksidant moddalar mavjud bo‘lgan kupajlangan moy mahsulotlarini yaratish oziq-ovqat sanoatining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Olingan natijalar oziq-ovqat sanoatida funksional moy mahsulotlarini ishlab chiqarishda, aholini sifatli va biologik qiymati yuqori o‘simlik moylari bilan ta’minlashda hamda yog‘-moy korxonalarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishda muhim amaliy ahamiyatga ega. Paxta moyi tarkibida tabiiy antioksidantlar va yuqori issiqlikka chidamli komponentlar mavjud bo‘lsa, soya moyi linol va linolen kabi muhim to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy hisoblanadi. Ushbu moylarni ma’lum nisbatlarda kupajlash orqali ularning foydali xususiyatlarini birlashtirish hamda biologik samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga keladi.


Adabiyotlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni "Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida".
  2. Oltiyev A.T., Zayniddinova M.B. "Paxta va soya moylari kupajlarini ishlab chiqarish texnologiyasi" // Kimyo va kimyo texnologiyasi jurnali. – Toshkent, 2025. – № 1. – B. 45–51.
  3. Shoaib M., Javed M., & Ali M. (2020). Silkworm pupae oil: Extraction, composition, and potential industrial applications. Journal of Food Science and Technology, 57(6), 1901–1912. 1. 4. A . T . Oltiev , S. WITH . Bafoev . Z . M . Amonova , F . Z . A’zamova JMEA
  4. Journal of Modern Educational Achievements Volume 9, 2024 . P.6-69
  5. A.T. Oltiev, S.S. Bafoev , M.F. Toirova, A.Sh. Khasanova, F.N. Ashurov
  6. “Technique and technology of food production” abstracts of the XIII International
  7. scientific conference of students and postgraduates, April 18-19, 2024, Mogilev,
  8. BSUT, 2024. P. 234
  9. A.T. Oltiev, S.S. Bafoev. "Innovative Technologies and Current Issues in the
  10. Food, Chemical, and Oil and Gas Industries." Proceedings of the International
  11. Scientific and Technical Conference, Bukhara, June 13-15, 2024 (pp. 70-71)
  12. Қодиров С.К. Ёғ-мой маҳсулотлари технологияси — Тошкент, 2014.8. Abdurakhmonov I.Y., Turaev D.A. (2015). The status and prospects of sericulture in Uzbekistan. Central Asian Journal of Biotechnology, 3(1), 33–41.
  13. Rukovodstvo po metodam issledovaniya i texnoximicheskomu kontrolyu v maslojirovoy promyshlennosti. – Leningrad, 1965. – T. II. – S. 96. 68. Effect of lecithin on margarine emulsion stability // European Journal of Lipid Science and Technology.
  14. Influence of phospholipids on crystallization behavior of fats // Food Research International.
  15. Application of cottonseed stearin and palmitin fractions in margarine production // Journal of Oil and Fat Industries.
  16. Тўхтаев Б. Озиқ-овқат технологияси асослари — Тошкент, 2018.
  17. Абдуллаев Ж.А. Ўсимлик мойларини қайта ишлаш технологияси — Тошкент, 2016.
  18. Рахимов А.Ё. Маргарин ва майонез технологияси — Тошкент, 2020.
  19. Codex Alimentarius Commission — Vegetable fats and oils standards.