PAXTA VA SOYA YOGLARI ARALASHMASINI PAST HARORATDA FRAKSIYALASH JARAYONINI INTENSIFIKATSIYALASH

Zayniddinova M. B., Bafoyev S. S. & Oltiyev A. T.


Annotatsiya

Ushbu maqolada paxta va soya yog‘lari aralashmasini past haroratda fraksiyalash jarayoni va uni intensifikatsiyalash imkoniyatlari tadqiq etilgan. Tajribalar natijasida aralashmada soya yog‘i va fosfolipidlar mavjudligi fraksiyalash jarayonini an'anaviy usulga nisbatan 1,4–1,5 marta tezlashtirishini ta'minlashi isbotlangan. Olingan salatbop yog‘ va paxta-soya palmitinining fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda ularning margarin mahsulotlarida qo‘llanilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Mahalliy o‘simlik moylarini kupajlash orqali biologik qiymati yuqori bo‘lgan yangi moy kompozitsiyalarini yaratish texnologiyasi o‘rganildi. Yog‘ kislotalari, karotinoidlar, tokoferollar, uchuvchan birikmalar va namlik miqdori aniqlanib, optimal kupaj variantlari ishlab chiqildi. Natijada funksional oziq-ovqat mahsulotlari uchun sog‘lom va barqaror moy aralashmalari yaratilgan. Paxta va soya moylari asosida yuqori biologik qiymatga ega bo‘lgan kupajlangan moy mahsulotlarini yaratish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlarini tadqiq etish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi paxta va soya moylarining foydali xususiyatlarini uyg‘unlashtirish orqali inson salomatligi uchun foydali, oziqaviy qiymati yuqori hamda saqlanish muddati barqaror bo‘lgan moy kupajlarini olishdan iborat. Paxta va soya moylarining tarkibi, yog‘ kislotalari nisbati, biologik faol moddalar miqdori hamda texnologik xossalari tahlil qilingan. Turli nisbatlarda tayyorlangan kupaj namunalari organoleptik, fizik-kimyoviy va texnologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholandi. Tadqiqot natijasida optimal tarkibli kupaj variantlari aniqlanib, ularning sifat ko‘rsatkichlari amaldagi standart talablariga mosligi asoslab berildi.


Adabiyotlar

  1. Oltiyev A.T., Zayniddinova M.B. "Paxta va soya yog‘lari aralashmasini past haroratda fraksiyalash" // Oziq-ovqat texnologiyasi va servis jurnali. – Almata, 2025.
  2. Kimyo va kimyo texnologiyasi ilmiy-texnik jurnali. – Toshkent, 2012. – № 2. – B. 79–80.
  3. Kimyo va kimyo texnologiyasi ilmiy-texnik jurnali. – Toshkent, 2012. – № 1. – B. 65–69.
  4. Folch I., Less M., Stanley H.S. // J. Biol. Chem. – 1957. – 226. – P. 447.
  5. Keyts M. Texnika lipidologii. – Moskva: Mir, 1975. – 311 s.
  6. Rukovodstvo po metodam issledovaniya v maslojirovoy promyshlennosti. – Leningrad, 1967. – T. II. – S. 815. 76. ISO — Methods for determination of peroxide value and emulsion stability.
  7. Ўзбекистон Республикаси O‘zDSt — Margarin va yog‘-moy mahsulotlari standartlari.
  8. ГОСТ — Маргарин маҳсулотлари учун техник шартлар.
  9. Зайцев В.Н. Технология растительных масел. – Москва: Пищевая промышленность, 2018.
  10. Щербаков В.Г. Технология получения растительных масел. – Санкт-Петербург, 2019.
  11. O. Zufarov Yog‘-moy mahsulotlari texnologiyasi. – Toshkent, 2021.
  12. K. Serkaev O‘simlik moylarini qayta ishlash texnologiyasi. – Toshkent, 2022.
  13. O. Zufarov, K. Serkaev Natural antioxidants // Technical Science and Innovation. – 2024. .
  14. A . T . Oltiev , S. WITH . Bafoev . Z . M . Amonova , F . Z . A’zamova JMEA
  15. Journal of Modern Educational Achievements Volume 9, 2024 . P.6-69
  16. A.T. Oltiev, S.S. Bafoev , M.F. Toirova, A.Sh. Khasanova, F.N. Ashurov
  17. “Technique and technology of food production” abstracts of the XIII International
  18. scientific conference of students and postgraduates, April 18-19, 2024, Mogilev, BSUT, 2024. P. 234