SUGʻORISH KANALLARIDA PAST NAPORLI MIKROGIDROELEKTROSTANSIYALARNI LOYIHALASH: GIDRAVLIK-ENERGETIK HISOBLAR VA TEXNIK-IQTISODIY ASOSLASH

Urishev B. ., Ochilov O. B. & Quvatov U. J.


Annotatsiya

Maqolada Oʻzbekistonning mavjud sugʻorish kanallari infratuzilmasidan qoʻshimcha qayta tiklanuvchi elektr energiyasi olish imkoniyatlari past naporli mikrogidroelektrostansiya (mikroGES) misolida tadqiq qilingan. Qashqadaryo viloyatidagi namunaviy kanal obyekti uchun gidravlik (brutto va foydali napor, gidravlik yoʻqotishlar, oqim rejimi), energetik (nazariy, texnik va elektr quvvati) hamda texnik-iqtisodiy hisoblar bajarilgan. Turbina turini tanlash koʻp mezonli ogʻirlangan baholash usuli yordamida asoslanib, past napor va mavsumiy oʻzgaruvchan suv sarfi sharoitida Banki (cross-flow) turbinasi ustun deb topilgan. Hisoblar foydali napor 1,68 m, elektr quvvati 7,10 kVt, yillik energiya ishlab chiqarish 65 577 kVt·soat va quvvatdan foydalanish koeffitsienti 74,9 % ekanligini koʻrsatdi. Texnik-iqtisodiy baholashda investitsiya qiymati 267,8 mln soʻm, ichki rentabellik darajasi 20,1 %, tekislangan energiya tannarxi (LCOE) 659 soʻm/kVt·soat va oddiy qoplanish muddati 4,65 yil boʻlib, loyihaning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari past naporli sugʻorish kanallarida mikroGES qurilmalarini loyihalashda metodik asos sifatida foydalanilishi mumkin.


Adabiyotlar

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-martdagi PQ-129-son qarori.
  2. “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni.
  3. ShNQ 2.06.01-24. Gidrotexnika inshootlari. – Toshkent: Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi.
  4. IEC 61116:1992. Electromechanical equipment guide for small hydroelectric installations. – Geneva: IEC.
  5. IEC 60041:1991. Field acceptance tests to determine the hydraulic performance of hydraulic turbines, storage pumps and pump-turbines. – Geneva: IEC.
  6. Mockmore C.A., Merryfield F. The Banki Water Turbine. Bulletin Series No. 25. – Corvallis: Oregon State College, Engineering Experiment Station, 1949.
  7. Paish O. Small hydro power: technology and current status // Renewable and Sustainable Energy Reviews. – 2002. – Vol. 6, No. 6. – P. 537–556.
  8. Williamson S.J., Stark B.H., Booker J.D. Low head pico hydro turbine selection using a multi-criteria analysis // Renewable Energy. – 2014. – Vol. 61. – P. 43–50.
  9. European Small Hydropower Association (ESHA). Guide on How to Develop a Small Hydropower Plant. – Brussels: ESHA, 2004.