IKKI BO‘G‘INLI ROBOT MANIPULYATORNI PID BOSHQARUVI ORQALI TADQIQ ETISH
Xolmurotov B. T.
Annotatsiya
Mazkur maqolada ikki bo‘g‘inli (2DOF) robot manipulyatorining PID boshqaruv algoritmi asosidagi dinamik ishlashi o‘rganilgan. Manipulyatorning matematik modeli Lagrange tenglamalari yordamida tuzilib, tizimning asosiy dinamik omillari hisobga olingan. Har bir bo‘g‘in uchun alohida PID boshqaruv signali qo‘llanib, parametrlarning tizim barqarorligi va harakat aniqligiga ta’siri tahlil qilingan. MATLAB muhitida o‘tkazilgan simulyatsiya natijalari bo‘g‘in burchaklari, xatolik signali va boshqaruv momentlarining vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rsatdi. Natijalar PID boshqaruv algoritmi o‘tkinchi tebranishlarni kamaytirib, manipulyatorning qisqa vaqt ichida barqaror va aniq harakatlanishini ta’minlashini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar
- J. Park, H. Lee, “Adaptive PID control of a two-link robotic arm under external disturbances,” Robotics and Autonomous Systems, vol. 141, pp. 103798, 2021.
- A. Singh, R. Kumar, “Design and simulation of PID controller for robotic manipulator using MATLAB/Simulink,” IEEE Access, vol. 9, pp. 24562–24571, 2021.
- Tursinboyevich, X. B., & Oʻgʻli, X. M. M. (2025). MAHSULOTLARNI SAQLASH OMBORI FAOLIYATINI AVTOMATLASHTIRISHDA MOBIL ROBOTLARDAN FOYDALANISH. Al-Farg‘oniy avlodlari, 1(1), 184-186.
- Y. Zhao, K. Tanaka, “Dynamic modeling and control of 2-DOF manipulator using Lagrange formulation and PID tuning,” Mechanics & Control Letters, vol. 65, pp. 39–45, 2023.