QURITISH BARABANIDA PAXTA MASSASINING HARAKATLANISH DINAMIKASINI TADQIQ ETISH
Xolmurotov B. T.
Annotatsiya
Ushbu maqolada barabanli quritgichlarda paxta xomashyosining harakatlanish dinamikasi va unga ta’sir etuvchi kuchlar kompleks tarzda tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida “paxta – baraban pichog‘i” tizimida yuzaga keladigan tortishish, markazdan qochma va inersial kuchlarning o‘zaro ta’siri nazariy jihatdan asoslab berilgan. Paxta xomashyosining quritish barabanidagi harakat traektoriyalari, ajralish sharoitlari hamda barabanda bo‘lish vaqti matematik modellar yordamida aniqlangan. Shuningdek, quritish jarayonida baraban kesimining faqat ma’lum qismi faol ishlashi va issiq havo oqimining samarali foydalanilmasligi aniqlangan.
Adabiyotlar
- Xolmurotov B.T. Paxta quritish barabanidagi yong`in chiqishini oldini olish mexatronik tizimini ishlab chiqish va mobil ilova yaratish: Dissertatsiya –Andijon, 2023.- 127b.
- И.А.Исматов Совершенствование конструкции подъёмно-лопастных систем барабанной хлопкосушилки для повышения влагоотбора, качества волокна и семян. Диссертация. Республики Таджикистан, Душанбе-2019г.
- A.Parpiev, M.Axmatov, A.Usmonqulov “Paxta hom-ashyosini quritish” darslik. Cho`lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent 2009y.
- X. Mansurov “Avtomatika va paxtani dastlabki ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish” Toshkent “O`zbekiston” 1996y.
- Банников Г.В. Определение параметров барабанных хлопковых сушилок /Г.В. Банников // Хлопковая промышленность. – № 1. – 1963. – С.12–16.