ANOR PO‘STLOG‘IDAN AJRATIB OLINGAN PEKTINNING NON MAHSULOTLARINI SIFAT VA SAQLANISH KO‘RSATKICHLARIGA TA‘SIRI

Suyundikov U. A. & Atkhamova S. K.


Annotatsiya

Zamonaviy texnologiyasida turli oziqaviy qo‘shimchalarni qo‘shish keng tarqalgan. Shuningdek, tayyor mahsulotlarning organoleptik xossalarini yaxshilash, saqlash muddatini uzaytirish va funksional qiymatini oshirish maqsadida tabiiy biologik faol qoʻshimchalardan foydalanish dolzarb yoʻnalish hisoblanadi [1-2]. Qizil anor navi poʻstlogʻi meva umumiy vaznining deyarli 50 foizini tashkil qiladi. Odatda qalinligi 2 dan 3 mm gacha boʻlgan va naviga qarab yorqin qizil yoki sariq tusda boʻladigan poʻstloq taxminan 80% suv, 8% murakkab polisaxaridlar va 5% eruvchan polisaxaridlardan iborat. Oxirgi fraksiya asosan pektinlar va hemitsellyulozalarni oʻz ichiga oladi [3-5]. Ushbu tadqiqotda anor poʻstlogʻi chiqindilaridan kislotali ekstraksiya usulida ajratib olingan pektin moddasining bugʻdoy unidan tayyorlangan xamir reologiyasiga hamda tayyor non mahsulotining sifat koʻrsatkichlariga taʼsiri oʻrganildi. Anor poʻstlogʻi tarkibida pektin moddasi miqdori 3,48–4,56% (quruq moddaga nisbatan 5%) ekanligi va uning 1% li eritmasining qovushqoqligi 3,2 puazni tashkil qilishi aniqlandi. Pektin konsentrati xamir tarkibiga 0,5%, 1,0% va 1,5% miqdorlarda qoʻshib oʻrganilganda, xamirning suv yutish qobiliyati 2,8–6,4% ga, barqarorlik vaqti esa 4,5 minutdan 6,5 minutgacha uzayganligi kuzatildi. Tayyor non mahsulotlarida hajmiy chiqish 9,5% ga (2,85 sm³/g dan 3,12 sm³/g gacha), gʻovaklik esa 68% dan 75% gacha ortishi eksperimental tasdiqlandi. Shuningdek, pektinning gidrofil xususiyati hisobiga 72 soat saqlash davomida namlik yoʻqotilishi nazoratdagi 6,8% dan 1,0% li namunada 4,1% gacha kamayib, eskirish jarayoni sekinlashdi. Non mahsulotlarining sifat kompleksi va uzoq muddat yumshoq saqlanishi uchun pektinning optimal dozasi 1,0% deb belgilandi. Pektin moddalarini oziq-ovqat maxsulotlarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi va inson organizmi holatini yaxshilashga olib keladi.


Adabiyotlar

  1. Usmonjonova H.U, Atkhamova S.K,. Dodayev Q.O., Zokirova M.S. , Masharipova Z.A., Kasun Dissanayake, Mohamed Rifky Physico-chemical indicators of food color pigments derived from Ocimum basilicum (Rahon) vegetation // E3S Web of Conferences 539,02005 (2024) RSE-III-2024 p1-8
  2. U. Suyundikov, S.Atkhamova, Q.Dodayev, F.Eshmatov, N.Fayzullaeva, K. Shomaksudova Determination of bioactive compounds of pomegranate peel to incorporate as a functional food ingredient in food production BIO Web of Conferences 95,01038 (2024) CIBTA-III-2024 p1-8
  3. Voragen A.G., Coenen G.J., Verhoef R.P and Schols H.A ‘Pectin, a versatile polysaccharide present in plant cell walls’ (2009) 20(2) Structural Chemistry 263–275 https://link.springer.com/article/10.1007/s11224-009-9442-z
  4. Thakur B.R., Singh R.K. and Handa A.K ‘Chemistry and uses of pectin — a review’ (1997) 67(1) Critical Reviews in Food Science and Nutrition 47–73https://doi.org/10.1080/10408399709527767
  5. Rosell C.M, Rojas J.A and Benedito de Barber C., ‘Influence of hydrocolloids on dough rheology and bread quality’ (2001) 35(2) Food Hydrocolloids 75–81https://doi.org/10.1016/S0268-005X(00)00054-0
  6. Collar C, Andreu P, Martínez JC and Armero E, ‘Optimization of hydrocolloid addition to improve wheat bread dough functionality’ (2003) 17(2) Food Hydrocolloids 209–217https://doi.org/10.1016/S0268-005X(02)00083-2
  7. Belitz H.D, Grosch W and Schieberle P, Food Chemistry (4th edn, Springer 2009) https://link.springer.com/book/10.1007/978-3-540-69934-7.
  8. Cauvain S.P and Young L.S, Technology of Breadmaking (2nd edn, Springer 2007) https://link.springer.com/book/10.1007/978-0-387-38565-5.
  9. Suyundikov U.A., Dodaev K.O., Atkhamova S.K. Polyphenolic Compounds Of Pomegranate Peel: Extraction, Characterization, And Nutritional Potential // American Journal of Applied Science and Technology VOLUME Vol. 06 Issue 01.2026. DOI 10.37547 / ajast / Volume 06 Issue 01-11. -P. 48-53.
  10. Суюндиков У.А., Ниёзов Х.Н., Додаев К.О. Технология получения БАД из кожуры гранат / Международный симпозиум. “Инновации в агопромышленной трасли Узбекистана и интеграция тендеций переработки сельскохозяйственного сырья в странах Центральной Азии и Казахстана”. Ташкент 29 ноября- 6 декабря 2021 г. –С.184-191.
  11. Gray JA and Bemiller JN, ‘Bread staling: molecular basis and control’ (2003) 14(1) Comprehensive Reviews in Food Science and Food Safety 1–21https://doi.org/10.1111/j.1541-4337.2003.tb00011.x
  12. Mirsaeedghazi H, Emam-Djomeh Z and Mousavi SM, ‘Effect of hydrocolloids on dough rheology and bread quality’ (2008) 42(1) Journal of Food Engineering 12–18 https://doi.org/10.1016/j.jfoodeng.2007.02.033.
  13. Суюндиков У.А., Додаев Қ.О., Атхамова С.Қ. Анор пўстлоғидан ошловчи моддаларни ажратиб олиш ва тадқиқ қилиш / Ёш олимлар, магивтрантлар ва бакалавриат талабаларини ХХХII-илмий-техникавий анжуманининг мақолалар тўплами. “Умидли кимёгарлар-2023”. Тошкент. –Б. 288-290.
  14. Codex Alimentarius Commission, Standard for Wheat Flour (CODEX STAN 152-1985) (FAO/WHO) https://www.fao.org/fao-who-codexalimentarius.
  15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti, Non va non mahsulotlari. Umumiy texnik shartlar (O‘z DSt)https://lex.uz.