MAXSUS MAKTAB-INTERNATLARI TARBIYALANUVCHILARIGA STOMATOLOGIK YORDAM KO‘RSATISHDA MAXSUS IT-DASTURLARNI ISHLAB CHIQISH HAMDA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Indiaminova G. N.


Annotatsiya

Hozirgi kunda kariyes kasalligi dunyoda eng keng tarqalgan tish patologiyasi bo‘lib, uning tibbiy va ijtimoiy dolzarbligi aholi orasida kasallanish darajasining yildan-yilga ortib borishi bilan izohlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, “tish kasalliklari orasida kariyesning tarqalishi 63,3–88,7 % ni tashkil qiladi. Jumladan, 12 yoshli sog‘lom bolalarda parodont kasalliklarining tarqalishi 37,8 % dan 50 % gacha, 15 yoshli bolalarda esa 57,7 % dan 84,7 % gacha bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlar yosh ortishi bilan oshib boradi. Ushbu ko‘rsatkichlar aqliy zaif bolalar orasida o‘rganilganda kariyesning tarqalishi yanada yuqori bo‘lib, 13–18 yoshli yengil darajadagi aqliy zaif bolalarda 100 % gacha uchrashi va asosiy kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq holda kechishi aniqlangan”. Ayni paytda aqliy zaif bolalarda kariyes kasalligini erta tashxislash, kasallik asoratlarining oldini olish maqsadida uning patogenetik jihatlarini hisobga olgan holda davolash choralarini belgilash hamda kasallik qaytalanishlari sonini kamaytirish stomatologiyada o‘z yechimini kutayotgan muhim muammolardan biri hisoblanadi.


Adabiyotlar

  1. Indiaminova G. N., Zoirov T. E. Optimizasiya okazaniya stomatologicheskoy pomoshi vospitannikam spesializirovannix shkol dlya detey s umstvennimi otkloneniyami //Vestnik nauki i obrazovaniya. – 2020. – №. 24-2 (102). – S. 39-43.
  2. Indiaminova G. N., Arzikulova M. SH. Usovershenstvovanie metodov okazaniya stomatologicheskoy pomoshi dlya detey s zaderjkoy psixicheskogo razvitiya //Jurnal biomedisini i praktiki. – 2021. – T. 6. – №. 1.
  3. Zoyirov T., Indiaminova G. Usovershenstvovanie metodov okazaniya stomatologicheskoy pomoshi detyam s zaderjkoy umstvennogo razvitiya //Medisina i innovasii. – 2021. – T. 1. – №. 4. – S. 665-669.
  4. Indiaminova G., Zoirov T. Maxsus yordamchi maktablarda tarbiyalanuvchi aqli zaif bolalarga stomatologik yordam ko‘rsatishni optimallashtirish //Jurnal stomatologii i kraniofasialnix issledovaniy. – 2020. – T. 1. – №. 1. – S. 12-14.