XONDIZA POLIMETALL RUDALARIDAN NOYOB METALLARNI KOMPLEKS AJRATIB OLISHNING ILMIY ASOSLARI
Qayumov O. A., Abdisoatov S. Z., Ziyayev F. C. & Ergashev A. X.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqot Xondiza polimetall rudalari tarkibidagi noyob metallarni ajralish xususiyatlarini o‘rganish va ularni boyitish jarayonlarida konsentratsiyalash qonuniyatlarini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida Surxondaryo viloyatida joylashgan Xondiza konining sulfidli rudalari tanlandi. Tadqiqotlar davomida rudaning mineralogik tarkibi, asosiy va hamroh elementlarning taqsimlanishi hamda ularning flotatsion xossalari kompleks ravishda baholandi. Mineralogik tahlillar sfalerit, galenit va xalkopirit rudaning asosiy foydali minerallari ekanligini hamda noyob metallarning ushbu sulfid minerallari bilan genetik bog‘liqligini ko‘rsatdi. Flotatsion tajribalar natijasida rudani 75% −0,074 mm yiriklikkacha maydalash optimal sharoit ekanligi aniqlandi. Kollektiv-selektiv flotatsiya sxemasi asosida mis, qo‘rg‘oshin va ruxning ajralish darajalari mos ravishda 69,9%, 77,4% va 84,8% ni tashkil etdi. Olingan natijalar noyob va hamroh elementlarning asosiy qismi selektiv konsentratlarda to‘planishini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan texnologik yondashuv polimetall rudalarni kompleks qayta ishlash samaradorligini oshirish va qimmatli komponentlar yo‘qotilishini kamaytirish imkonini beradi.
Adabiyotlar
- Bulatovic, S. M. (2007). Handbook of flotation reagents: Chemistry, theory and practice (Vol. 1). Elsevier.
- Fuerstenau, M. C., Jameson, G. J., & Yoon, R. H. (2007). Froth flotation: A century of innovation. Society for Mining, Metallurgy, and Exploration.
- Gaudin, A. M. (1957). Flotation (2nd ed.). McGraw-Hill.
- Wills, B. A., & Finch, J. A. (2016). Wills' mineral processing technology: An introduction to the practical aspects of ore treatment and mineral recovery (8th ed.). Butterworth-Heinemann.
- Gupta, A., & Yan, D. S. (2016). Mineral processing design and operation: An introduction (2nd ed.). Elsevier.
- Хужакулов, Н. Б., Рузиев, У. М., & Насирова, Н. Р. (2021). Исследования влияния качества биокека на показатели сорбционного выщелачивания. Universum: технические науки, (5-2 (86)), 20-23.
- Lotter, N. O., Bradshaw, D. J., & Becker, M. (2018). Mineral processing for sustainable development. Minerals Engineering, 122, 1–12.
- Рузиев, У. М., Ходжиева, М. О. К., & Саидахмедов, А. А. (2026). КОМПЛЕКСНАЯ ПЕРЕРАБОТКА ЗОЛЫ АНГРЕНСКОЙ ТЭС С ПОЛУЧЕНИЕМ ГЛИНОЗЁМНОГО КОНЦЕНТРАТА И ИЗВЛЕЧЕНИЕМ КРЕМНЕЗЁМА. Universum: технические науки, 2(4 (145)), 21-26.
- Jones, M. P. (2017). Applied mineralogy: Applications in industry and environment. Springer.
- Anderson, C. G., Dunne, R. C., & Uhrie, J. L. (2011). Mineral processing and extractive metallurgy: 100 years of innovation. Society for Mining, Metallurgy, and Exploration.
- Xo‘jaqulov, N. B., & Ro‘ziyev, U. B. M. (2025). “NKMK” AJ “AUMINZO-AMANTOY” KONI OLTIN AJRATISH SEXI TEXNOGEN CHIQINDILARINI TADQIQ QILISH. Sanoatda raqamli texnologiyalar, 3(4), 124-128.
- Habashi, F. (1997). Handbook of extractive metallurgy (Vols. 1–4). Wiley-VCH.
- Gupta, C. K., & Krishnamurthy, N. (2005). Extractive metallurgy of rare earths. CRC Press.
- Rao, S. R. (2004). Surface chemistry of froth flotation (Vol. 1). Springer.
- Klimpel, R. R., & Chander, S. (2017). Reagents in mineral technology. Routledge.
- Song, S., Lopez-Valdivieso, A., & Reyes-Bahena, J. L. (2019). Advances in flotation technology for the beneficiation of complex polymetallic ores. Minerals, 9(4), 235.
- Deng, J., Wen, S., Liu, D., Bai, S., & Lin, Y. (2021). Flotation separation and recovery of valuable metals from complex sulfide ores: A review. Minerals Engineering, 170, 107053.
- Zhou, M., Wang, Y., Peng, Y., & Xie, H. (2022). Recovery of critical and rare metals from polymetallic sulfide ores: Recent advances and future perspectives. Journal of Cleaner Production, 365, 132689.