PAVLOVNIA DARAXTI CHIQINDILARI ASOSIDA FAOLLASHTIRILGAN UGLERODLI SORBENTLARNING FUNKSIONAL XUSUSIYaTLARINI TADQIQ ETISH

Jumayeva D. J., Axrorova R. O., Raxmatullayeva N. T., Zaripbayev K. S. & Haydarov B. H.


Annotatsiya

Mazkur maqolada Pavlovniya Tomentoza (Paulownia tomentosa) daraxti chiqindilari asosida olingan faollashtirilgan uglerodli sorbentlarning funksional xususiyatlari infraqizil spektroskopiya (FTIR) usuli yordamida tadqiq qilingan. Tadqiqotlarda Pavlovniya daraxtining yog‘och chiqindilari asosida an’anaviy va noan’anaviy usullarda faollashtirilgan uglerodli sorbentlar olinib, ularning sirt kimyoviy tabiati va funksional guruhlar tarkibi o‘rganildi. Tadqiqotda Pavlovniya daraxti chiqindilari asosida yuqori samarali faollashtirilgan uglerodli adsorbentlarning fizik-kimyoviy xossalaridan IQ-spektr tadqiqoti olib borilgan. Adsorbentlarning funksional xususiyatlari infraqizil spektroskopiya (FTIR) usullar yordamida tadqiq etilganda adsorbentlarning rivojlangan g‘ovak tizimga hamda adsorbsiya markazlari vazifasini bajaruvchi funksional guruhlarga ega ekanligini tasdiqladi. IK-spektrlar tahlili natijasida sorbentlar sirtida gidroksil (–OH), karboksil (–COOH), karbonil (C=O), efir (C–O–C) va aromatik tuzilishga tegishli funksional guruhlar mavjudligi aniqlandi. Faollashtirish jarayoni davomida uglerod strukturasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar hamda funksional guruhlar miqdorining o‘zgarishi sorbentlarning sorbsion xususiyatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi ko‘rsatildi. Olingan natijalar faollashtirish usuli va texnologik sharoitlar sorbent sirtidagi funksional markazlarning shakllanishiga bevosita ta’sir qilishini tasdiqladi. Xususan, mikroto‘lqinli ta’sirlashuv asosida faollashtirilgan namunalarda sorbsion jarayonlarda ishtirok etuvchi kislorod saqlovchi funksional guruhlar nisbatan yaxshi rivojlanganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Pavlovniya Tomentoza chiqindilari asosida olingan uglerodli sorbentlarning sirt xususiyatlarini baholash, ularning sorbsion mexanizmlarini tushuntirish va kelgusida gaz hamda suyuq muhitlarni tozalash jarayonlarida qo‘llash imkoniyatlarini asoslash uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega. Tadqiqotning maqsadi mahalliy biomassa chiqindilaridan foydalanish asosida import o‘rnini bosuvchi, yuqori adsorbsion xususiyatlarga ega sorbent materiallar yaratishda ularning fizik-kimyoviy xarkateristikalaridan biri funksional xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.


Adabiyotlar

  1. Marsh H., Rodríguez-Reinoso F. (2006). Activated Carbon. Amsterdam: Elsevier Science & Technology Books.
  2. Ioannidou O., Zabaniotou A. (2007). Agricultural residues as precursors for activated carbon production – A review. Renewable and Sustainable Energy Reviews, 11(9), 1966–2005.
  3. Lua A.C., Yang T. (2004). Characteristics of activated carbons prepared from pistachio-nut shells by physical activation. Journal of Colloid and Interface Science, 274(2), 594–601.
  4. Guo J., Lua A.C. (2000). Preparation of activated carbons from oil-palm-stone chars by microwave-induced carbon dioxide activation. Carbon, 38(14), 1985–1993.
  5. Mohan D., Pittman C.U. (2006). Activated carbons and low-cost adsorbents for remediation of tri- and hexavalent chromium from water. Journal of Hazardous Materials, 137(2), 762–811.
  6. Yakout S.M., Elsherif E. (2010). Carbon—science and technology. Adsorption characteristics of activated carbon prepared from rice straw. Journal of Chemical Technology and Biotechnology, 85, 128–135.
  7. Foo K.Y., Hameed B.H. (2012). Preparation, characterization and evaluation of adsorptive properties of orange peel based activated carbon. Journal of Hazardous Materials, 173(1–3), 385–394.
  8. Bansal R.C., Goyal M. (2005). Activated Carbon Adsorption. Boca Raton: CRC Press.
  9. Demiral H., Demiral İ. (2011). Surface properties of activated carbon prepared from olive bagasse by chemical activation. Surface and Interface Analysis, 43(10), 1349–1354.
  10. Rosas J.M., Bedia J., Rodríguez-Mirasol J., Cordero T. (2009). HEMP-derived activated carbon fibers by chemical activation with phosphoric acid. Fuel, 88(1), 19–26.
  11. Рахимов У.Ю., Жумаева Д.Ж., Барноева С.Б, Эшметов И.Д. Узум данаги чиқиндиси асосида фаоллаштирилган адсорбентларда ИҚ-спектр таҳлили. “Кимё ва кимё таълими муаммолари” мавзусидаги республика илмий-амалий анжуман материаллар тўплами. 2022 йил 20 сентябрь. Қўқон – 2022. 329-331 бетлар.
  12. Жумаева Д.Ж., Шамуратова М.Р., Рахматуллаева Н.Т., Абдурахимов А.Х., Эргашев О.К. Павловния дарахт ёғочи чиқиндиларини фаоллаштириш усуллари. Наманган муҳандислик-қурилиш институти. Механика ва технология илмий журнали. №3 (3), 2022. Махсус сон. Наманган-2022. 289-294 б.
  13. Охунжонов З.Н., Аҳророва Р.О., Нўмонова З.Т., Рахимов У.Ю. Жумаева Д.Ж. Тоғ машиналари шинаси асосидаги сажа ёрдамида гранулалаштирилган адсорбент. Наманган муҳандислик-қурилиш институти. Механика ва технология илмий журнали. №3 (3), 2022. Махсус сон. Наманган-2022. 294-299 б.
  14. Рахматуллаева Н.Т., Фузайлова Ф.Н., Абдурахимов А.Х., Жумаева Д.Ж. Исследование макро- и микроэлементов деревьев
  15. при получении адсорбентов. “Кимё ва кимё таълими муаммолари” мавзусидаги республика илмий-амалий анжуман материаллар тўплами. 2022 йил 20 сентябрь. Қўқон – 2022. 331-333 б.