PAVLOVNIYA TOMENTOZA XOMASHYO CHIQINDILARI ASOSIDA FAOLLASHTIRILGAN UGLERODLI SORBENTLARNING STRUKTURAVIY VA MIKROTUZILISH XUSUSIYATLARI
Jumayeva D. J., Axrorova R. O., Barnoyeva S. B., Abduraximov A. X. & Hamroqulova K. H.
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda Pavlovniya Tomentoza daraxti chiqindilari asosida olingan faollashtirilgan uglerodli sorbentlarning strukturasi, element tarkibi va morfologik xususiyatlari kompleks ravishda o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi faollashtirish jarayonlari natijasida shakllangan uglerodli matritsaning morfologiyasi va element tarkibini baholash hamda ularning sorbsion xususiyatlarga ta’sirini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Sorbent namunalari Pavlovniya Tomentoza yog‘och chiqindilarini karbonlashtirish va keyingi faollashtirish orqali olindi. Na’munalarning element tarkibi energiya-dispersion rentgen spektroskopiyasi (EDS), morfologik xususiyatlari esa transmission elektron mikroskopiya (TEM) usullari yordamida tadqiq qilindi. EDS tahlillari natijasida sorbent tarkibida uglerodning yuqori ulushi (94–96 at.%) saqlanib qolganligi aniqlandi, bu esa biomassaning yuqori darajada karbonlashganligini tasdiqladi. Shu bilan birga kislorod hamda Mg, Al, Si, K, Ca va Fe kabi mineral elementlarning kam miqdorlarda mavjudligi qayd etildi. TEM tahlillari natijalari faollashtirish jarayoni davomida yuqori dispersli amorf uglerodli matritsa, qatlamsimon uglerodli fragmentlar va nanomiqyosdagi agregatlar shakllanganligini ko‘rsatdi. Morfologik tadqiqotlar uglerodli strukturada nano va submikron darajada rivojlangan tuzilish mavjudligini hamda faollashtirish jarayonining uglerod matritsasi qayta tashkillanishiga olib kelishini tasdiqladi. Element tarkibi va morfologik tahlil natijalarining o‘zaro muvofiqligi sorbentlarda yuqori uglerodli, rivojlangan va barqaror struktura shakllanganligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar Pavlovniya Tomentoza chiqindilari yuqori sorbsion xususiyatlarga ega bo‘lgan uglerodli materiallar sintezi uchun istiqbolli xomashyo ekanligini tasdiqladi. Aniqlangan morfologik va strukturaviy xususiyatlar mazkur sorbentlarni suv va gaz muhitlarini tozalash, organik ifloslantiruvchilarni sorbsiya qilish hamda ekologik texnologiyalarda qo‘llash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar
- Marsh H., Rodríguez-Reinoso F. Activated Carbon. Amsterdam: Elsevier Science & Technology Books, 2006. – 536 p.
- Ioannidou O., Zabaniotou A. Agricultural residues as precursors for activated carbon production – A review. // Renewable and Sustainable Energy Reviews. – 2007. – Vol. 11(9). – P. 1966–2005.
- Ahmadpour A., Do D.D. The preparation of activated carbon from macadamia nutshell by chemical activation. // Carbon. – 1997. – Vol. 35(12). – P. 1723–1732.
- Lua A.C., Yang T. Characteristics of activated carbon prepared from pistachio-nut shell by zinc chloride activation under nitrogen and vacuum conditions. // Journal of Colloid and Interface Science. – 2004. – Vol. 274. – P. 594–601.
- Guo J., Lua A.C. Textural and chemical properties of activated carbon prepared from oil-palm stone with phosphoric acid activation. // Materials Chemistry and Physics. – 2003. – Vol. 80. – P. 114–119.
- Yang K., Peng J., Srinivasakannan C., Zhang L., Xia H., Duan X. Preparation of high surface area activated carbon from coconut shells using microwave heating. // Bioresource Technology. – 2010. – Vol. 101. – P. 6163–6169.
- González-García P. Activated carbon from lignocellulosic precursors: A review of the synthesis methods, characterization techniques and applications. // Renewable and Sustainable Energy Reviews. – 2018. – Vol. 82. – P. 1393–1414.
- Thue P.S., Lima E.C., Sieliechi J.M. et al. Activated carbons from biomass waste for adsorption of pollutants: Characterization by SEM, TEM and EDS techniques. // Journal of Environmental Chemical Engineering. – 2020. – Vol. 8(5). – Article 104205.
- Lua A.C., Yang T. Effects of activation temperature on the textural and chemical properties of potassium hydroxide activated carbon prepared from pistachio-nut shells. // Journal of Colloid and Interface Science. – 2005. – Vol. 290. – P. 505–513.
- Mohan D., Pittman C.U. Jr., Steele P.H. Pyrolysis of wood/biomass for bio-oil: A critical review and characterization of carbonaceous materials. // Energy & Fuels. – 2006. – Vol. 20(3). – P. 848–889.