TUBEKTOMIYA AMALIYOTI O‘TKAZILGAN AYOLLARDA KOMPLEKS REABILITATSIYA YONDASHUVINING SAMARADORLIGI

Tugizova D. I. & Fayzullayeva M. A.


Annotatsiya

Tubektomiya ginekologik amaliyotda ko‘p qo‘llaniladigan jarrohlik aralashuvlaridan biri bo‘lib, asosan naycha homiladorligi, surunkali yallig‘lanish jarayonlari va boshqa shoshilinch holatlarda bajariladi. Mazkur operatsiya ayollarning reproduktiv tizimiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ularning psixoemotsional holatida ham muayyan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois tubektomiyadan keyingi davrda ayollarning reproduktiv salomatligi va psixoemotsional holatini kompleks baholash dolzarb hisoblanadi [6]. Tadqiqotning maqsadi tubektomiya o‘tkazilgan ayollarda reproduktiv va psixoemotsional holatni klinik, laborator hamda instrumental tekshiruvlar asosida baholashdan iborat. Tadqiqotda tubektomiya amaliyoti o‘tkazilgan ayollar ishtirok etib, ularda umumiy qon tahlili, koagulogramma, qon biokimyoviy tahlili, xlamidiyaga qarshi serologik tekshiruv, uretra, qin va bachadon bo‘ynidan uch nuqtali surtma, ultratovush tekshiruvi hamda gisterosalpingografiya o‘tkazildi. Psixoemotsional holatni aniqlash uchun maxsus validatsiyalangan psixologik shkala qo‘llanildi. Olingan natijalar tubektomiya o‘tkazilgan ayollarda ayrim laborator va instrumental ko‘rsatkichlarda o‘zgarishlar kuzatilishini, shuningdek, tashvish va depressiv holatlarning uchrash chastotasi ortishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari tubektomiyadan keyingi davrda ayollarda kompleks reabilitatsiya chora-tadbirlarini qo‘llash zarurligini asoslaydi. Mazkur tadqiqot natijalari tubektomiya o‘tkazilgan ayollarni kuzatish, baholash va reabilitatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.


Adabiyotlar

  1. Адамян Л.В., Андреева Е.Н., Арсланян К.Н. Гинекология. Национальное руководство. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2024. – 1008 с.
  2. ДеЧерни А.Х., Натан Л., Лауфер Н. Current Diagnosis and Treatment: Obstetrics and Gynecology. – New York: McGraw-Hill, 2024. – 848 p.
  3. Кулаков В.И., Прилепская В.Н. Практическая гинекология. – Москва: МЕДпресс-информ, 2022. – 560 с.
  4. Савельева Г.М., Сухих Г.Т., Манухин И.Б. Гинекология. – Москва: ГЭОТАР-Медиа, 2023. – 704 с.
  5. Aarts J.W.M., Nieboer T.E., Johnson N. Surgical Treatment and Postoperative Rehabilitation in Benign Gynecological Disease // Cochrane Database of Systematic Reviews. – 2022. – №7.
  6. American College of Obstetricians and Gynecologists (ACOG). Postoperative Care in Gynecologic Surgery. Practice Bulletin. – Washington DC, 2024.
  7. Berek J.S. Berek & Novak's Gynecology. 17th ed. – Philadelphia: Wolters Kluwer, 2024. – 1760 p.
  8. Duffy J.M.N., Hirsch M., Vercoe M. Women's Experience of Recovery After Gynecological Procedures // BMJ Open. – 2022. – Vol. 12(6). – e058214.
  9. Ferrando C.A., Chou D., Rogers R.G. Postoperative Rehabilitation and Long-Term Health Outcomes in Women // International Urogynecology Journal. – 2023. – Vol. 34(9). – P. 1871–1879.
  10. Hoffman B.L., Schorge J.O., Bradshaw K.D. Williams Gynecology. 5th ed. – New York: McGraw-Hill Education, 2024. – 1248 p.
  11. Lagana A.S., Garzon S., Franchi M. Modern Concepts of Rehabilitation After Pelvic Surgery // Medicina. – 2024. – Vol. 60(2). – P. 215–224.
  12. Nelson G., Kalogera E., Dowdy S.C. Enhanced Recovery Pathways in Gynecologic Surgery: Clinical Outcomes and Future Directions // Gynecologic Oncology. – 2022. – Vol. 164(1). – P. 15–22.
  13. Royal College of Obstetricians and Gynaecologists. Recovery after Gynaecological Surgery. Green-top Guideline. – London, 2023.
  14. Teixeira P.A., Ribeiro S.C. Psychological Outcomes Following Reproductive Surgery in Women // Journal of Psychosomatic Obstetrics & Gynecology. – 2023. – Vol. 44(2). – P. 97–105.
  15. World Health Organization. Sexual and Reproductive Health and Research: Annual Report. – Geneva: WHO, 2024. – 156 p.