PAST NAVLI SILVINITLARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH

Safarbayev J. .


Annotatsiya

Ushbu maqolada Tyubegatan konining past navli silvinit ma’danlarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish maqsadida ularning kimyoviy, mineralogik tarkibi va mexanik mustahkamligining zarralar fraksion o‘lchamiga bog‘liqligi o‘rganilgan. Tadqiqotda tarkibida kaliy xlorid (KCl) miqdori 9,2% dan 31,1% gacha bo‘lgan beshta namuna turli o‘lchamdagi (0 dan 10 mm gacha) fraksiyalarga ajratilib tahlil qilingan. Energo-dispersion va rentgen fazali tahlil usullari yordamida ma’dan tarkibidagi elementlar va minerallar (galit, silvin, kalsiy sulfati, alyumosilikatlar) miqdori aniqlangan. Aniqlanishicha, xomashyo tarkibida KCl miqdori ortishi va zarralar o‘lchami kamayishi bilan ma’danning mustahkamligi pasayadi (4,30 MPa dan 2,08 MPa gacha). Kam tarkibli namunalarda (9,2% KCl) suvda erimaydigan qoldiq, silikat va karbonat tuzlarining yuqoriligi hisobiga mexanik mustahkamlik yuqori bo‘lishi isbotlangan. Olingan natijalar past navli kaliyli ma’danlarni boyitish va maydalash uskunalarini optimal tanlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.


Adabiyotlar

  1. Эркаев, А. У., Реймов, А. М., & Туробжонов, С. М. (2012). Технология калийных удобрений. Ташкент: Навруз.
  2. Эркаев, А. У., Бозоров, И. А., Тоиров, З. К., & Сафаров, А. К. (2018). Исследование процесса флотационного обогащения низкосортных сильвинитов Тюбегатанского месторождения. Химическая технология. Контроль и управление, 4(2), 15-22.
  3. Эркаев, А. У., Таджиев, С. М., & Реймов, А. М. (2010). Разработка технологии получения хлорида калия из низкосортных сильвинитовых руд. Узбекский химический журнал, (3), 45-49.
  4. Бадалходжаев, А. А., Эркаев, А. У., & Мирзакулов, Х. Ч. (2014). Интенсификация процесса выщелачивания калийных солей из некондиционного сырья. Химическая промышленность, 91(3), 124-129.
  5. Эркаев, Ж. А., & Тоиров, З. К. (2021). Физико-химические основы переработки бедных сильвинитовых руд методом галургии. Молодой ученый, (24), 88-92.