FLOTATSIYA JARAYONLARIDA MASHINALI O‘QITISH TEXNOLOGIYALARINING QO‘LLANILISHI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Mahmudov G. B. & Nurmamatov J. A.


Annotatsiya

Ushbu maqolada flotatsiya jarayonlarida mashinali o‘qitish va sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishi bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot 2018–2024 yillarda nashr etilgan ilmiy manbalar asosida adabiyotlar sharhi usulida olib borildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, mashinali o‘qitish algoritmlari flotatsiya jarayonlarining asosiy ko‘rsatkichlarini prognozlash, reagent sarfini optimallashtirish, ko‘pik (froth) holatini monitoring qilish hamda konsentrat sifati va metall ajratib olish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, konvolyutsion neyron tarmoqlar (KNT) asosidagi chuqur o‘qitish usullari ko‘pik tasvirlarini tahlil qilishda yuqori aniqlik va barqarorlikni namoyish etgan. Shu bilan birga, ma’lumotlar hajmining cheklanganligi, modellarning tushuntiruvchanligi, ko‘pik fazasining murakkab tabiati hamda real vaqt boshqaruv tizimlariga integratsiya qilishdagi qiyinchiliklar ushbu yo‘nalishdagi asosiy muammolar sifatida aniqlandi. Tadqiqot natijalari flotatsiya jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirishda mashinali o‘qitish texnologiyalarining katta salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi hamda kelgusidagi tadqiqotlar uchun istiqbolli yo‘nalishlarni belgilab beradi.


Adabiyotlar

  1. Szmigiel, A., Apel, D.B., Skrzypkowski, K., Wojtecki, L., Pu, Y. (2024). Advancements in machine learning for optimal performance in flotation processes: A review. Minerals, 14(4), 331. https://doi.org/10.3390/min14040331.
  2. Aldrich, C., Avelar, E., Liu, X. (2022). Recent advances in flotation froth image analysis. Minerals Engineering, 188, 107823. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2022.107823.
  3. Quintanilla, P., Neethling, S.J., Brito-Parada, P.R. (2021). Modelling for froth flotation control: A review. Minerals Engineering, 162, 106718. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2020.106718.
  4. Zhang, L., Xu, D. (2020). Flotation bubble size distribution detection based on semantic segmentation. IFAC PapersOnLine, 53(2), 11842–11847. https://doi.org/10.1016/j.ifacol.2020.12.696.
  5. McCoy, J.T., Auret, L. (2019). Machine learning applications in minerals processing: A review. Minerals Engineering, 132, 95–109. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2018.12.004
  6. Fu, Y., Aldrich, C. (2018). Froth image analysis by use of transfer learning and convolutional neural networks. Minerals Engineering, 115, 68–78. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2017.10.006
  7. Bendaouia, A., Abdelwahed, E.H., Qassimi, S., Boussetta, A., Benzakour, I., Benhayoun, A., Amar, O., Bourzeix, F., Baïna, K., Cherkaoui, M., Hasidi, O. (2024). Hybrid features extraction for the online mineral grades determination in the flotation froth using Deep Learning. Engineering Applications of Artificial Intelligence, 129, 107680. https://doi.org/10.1016/j.engappai.2023.107680.
  8. Zarie, M., Jahedsaravani, A., Massinaei, M. (2020). Flotation froth image classification using convolutional neural networks. Minerals Engineering, 155, 106443. https://doi.org/10.1016/j.mineng.2020.106443.